O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1.42 Mb.
Page49/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
Nazorat savollari

1. Yer osti gaz omborini qurish va ishlatishda foydalanish uchun kon ajratmalarini berish va rasmiylashtirish nimadan iborat?


2. GEOSI obyektlari ko‘rsatilgan qurilishlarning bosh rejasi nima?
3. Idoralararo komissiya uyumlarni ishlatish bo‘yicha ma’lumotlarni qanday aniqlaydi?
4. Qisman ishlatilgan neft konining sxemasini tushuntiring.
5. Ombordagi gazning umumiy hajmi necha qismdan iborat?


SUVLANGAN KOLLEKTOR USHLAGICHIDAGI YER OSTI GAZ OMBORLARI
Reja
14.1.Suvli qatlamlarda yer osti gaz omborini texnologik loyihalash
14.2.Saqlagich qopqog'i germetikligini aniqlash
14.3.Gazni olishda suv bosgan xududning hajmiy gazlanganligini aniqlash
Adabiyotlar (2,4,6,8,14)


14.1.Suvli qatlamlarda yer osti gaz omborini texnologik loyihalash
Dastlabki kon-geologiya ma’lumotlarida quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) qidiruv ishlari hududi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (joyga bog‘lanish, orogidrografiya, aholi yashaydigan joylar va h.k.);
b) geologik tadqiqotlarning qisqacha tahlili, seysmik tasvirga olish, burg‘ilash ishlari va kon-geofizik o‘lchovlar natijalari, geokimyoviy tasvirga olish;
v) qidiruv o‘tkazilgan maydon doirasida kesimning litologik-stratigrafik tavsifi;
g) GEOSI uchun, shuningdek nazorat gorizontlari yoki ikkilamchi (avariya) gaz to‘planish akkumulyatorlari sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha suvli qatlamlarning geologik-fizik tavsifi;
d) qidiruv o‘tkazilgan maydonning tektonik tuzilishi va strukturaviy tutgichlarning tavsifi;
e) kollektor-qatlamlar ustida joylashgan qopqoq-qatlamlar va zich jinslarning litologik-fizik tavsifi;
j) asosiy va yordamchi qopqoq-qatlamlarning germetikligini baholashga doir kon-geologiya ma’lumotlari;
z) barcha burg‘ilangan quduqlar fondining texnik holati;
i) tanlangan gaz haydash obyektlarining hajmiy va filtratsiya xususiyatlarini baholash;
k) qidiruv ishlari o‘tkazilayotgan yoki yondosh maydonda foydali qazilmalar joylashishi mumkinligi hakidagi ma’lumotlar;
l) sanoat oqovalarini tashlash mumkin bo‘lgan yutuvchi gorizontlar.
Qidiruv ishlari o‘tkazilgan maydon bo‘yicha dastlabki kon-geologiya ma’lumotlari kuyidagi grafik materiallar ilova qilingan xisobot bilan rasmiylashtiriladi:
a) hududning qidiruv maydoni ajratib ko‘rsatilgan va gaz transporti tizimining sxemasi tushirilgan vaziyatlar rejasi;
b) quduqlarni burg‘ilash natijalari asosida tuzilgan, tanlangan obyektlarning osti va usti bo‘yicha struktura xaritalari;
v) maydonning umumiy stratigrafik kesimi;
g) strukturaviy tutgichlarning bo‘ylama va kesishma geologik profillari;
d) tanlangan bir xil qalinlikdagi obyektlar va ularning ustidagi qopqoq-qatlamlar xaritasi;
e) kollektor qatlamining samarali qalinligi xaritasi;
j) quduqlar kesimining korrelyatsiya sxemasi;
z) maydonli gidroqidiruvda kuzatuv quduqlaridagi suv bosimi va sathining o‘zgarish grafiklari;
i) maydonning gaz tasviri xaritalari.
Qidiruv tashkiloti hisobotining xulosa qismida gazga to‘yingan zonaning ruxsat etilgan chegarasi ko‘rsatilgan holda maydonning GEOSI uchun foydalanishga yaroqliligi to‘g‘risida asosiy xulosa va takliflar kiritilgan bo‘lishi kerak.
Maydonda qidiruv ishlarini o‘tkazishda aniqlangan suvli qatlamlarning geologik tuzilishini murakkabligi, joylashish xususiyatlariga qarab, GEOSIni texnologik loyihalash uchun boshlang‘ich kon-geologiya ma’lumotlari ro‘yxati loyihalovchi tashkilotning taklifiga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin.
Suvlangan qatlamlarda yer osti gaz omborlarini tashkil etishda, bu saqlagichlarda na gaz, na neft konlari mavjud bo‘lmaganligi uchun, gaz uchun qatlam kollektor tomining zichligi, ya’ni gazni o‘tkazmasligi, suv tazyiqli qatlam tizimining o‘lchami va shakli, qatlam-kollektorning geologo-fizik parametrlari aniqlanmagan bo‘ladi. Bunday omborning tomidan, quduq kolonna orti sement toshidagi kanallardan, tog‘ jinslarining buzilishi va gaz ko‘chishining boshqa mumkin bo‘lgan yo‘llaridan yo‘qolish xavfi mavjud bo‘lishi bilan birga qatlam-kollektorning geologo-fizik parametrlari talablarga javob bermaganda katta miqdordagi pul mablag‘lari sarflanishini ham talab etadi. Bu parametrlar: o‘tkazuvchanlik va g‘ovaklik koeffitsiyentlarining kichikligi, kollektorning bo‘shoqligi (rixliy) yoki darzligi, kollektor g‘ovakli bo‘shlig‘ida suv hajmining cheklanganligi.
Shuning uchun qidiruv va sinovli gaz haydash jarayonlarida quyidagilar aniqlanishi kerak:
- saqlagich tomini zichligi (germetikligi) ning isboti;
- suvlangan koleyektorning o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini hisoblash;
- gaz bilan suvni siqib chiqarishda qoldiq suvlanganlikni aniqlash;
- gazni olishda suvlangan hududning hajmiy gazlanganligini o‘lchash yoki hisoblash;
- ishlab chiqarish quduqlarining mahsuldorligini aniqlash;
- gazlashgan kollektor xossalarining mustahkamligini o‘rganish va quduq tubi hududlarini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page