O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1.42 Mb.
Page52/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
Nazorat savollari



  1. Dastlabki kon-geologiya ma’lumotlarida qanday talablar qo‘yilgan?

  2. Saqlagich qopqog'i germetikligini qanday aniqlash mumkin?

3. Gazni olishda suv bosgan hududning hajmiy gazlanganligini qanday aniqlash mumkin?


YER OSTI GAZ OMBORI UCHUN QUDUQLARNI BURG’ILASH VA MUSTAHKAMLASH
Reja
15.1 Yer osti gaz ombori uchun quduqlarni burg’ilash
15.2. Quduqlarning tub oldi zonasini mustahkamlash va yer usti uskunalari
15.3. Gaz quduqlarini sinash va tadqiq etish (o‘rganish)


Adabiyotlar (1,2,7,8,12)0


15.1 Yer osti gaz ombori uchun quduqlarni burg’ilash
GEOSIdagi quduqlar texnologik vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) ishlatish quduqdari (gazni haydash va olish uchun);
b) bosim ostida gaz haydash quduqlari (faqat gazni haydash uchun);
v) kuzatuv quduqlari (asosiy kollektor-qatlamni kuzatish uchun);
g) nazorat quduqlari (yuqorida yotuvchi nazorat gorizontlari bo‘yicha saqlash inshootining germetikligini kuzatish uchun);
d) bo‘shatish quduqlari (qatlamlarni bo‘shatish uchun);
ye) yuttiruvchi quduqlar (sanoat oqovalarini tashlash uchun);
j) geofizik quduqlar (qatlamlarni ochmasdan, quduq kesimi bo‘ylab gazga to‘yinganlikni kuzatish uchun foydalaniladi).
Quriladigan GEOSI maydonida va bevosita uni barpo etish yoki keyinchalik kengaytirishda turli texnologik vazifalar uchun mo‘ljallangan quduqlarni burg‘ilash ishlari g‘ovak qatlamlarda GEOSIni barpo etish va ularni ishlatishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan texnik, texnologik va ekologik qoida va yo‘riqnomalar talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
Quduqlarni burg‘ilash va sementlash uchun yuvish suyuqligini tanlashda gaz quduqlarini burg‘ilash va sementlash sharoitlari uchun tuzilgan amaldagi yo‘riqnomalar va metodik qo‘llanmalarga rioya kilinishi lozim.
Mustaxkamlovchi birikmalarni mahkamlash texnologiyasi GEOSIni ishlatish xususiyatlarini hisobga olgan holda kuyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) sement qorishmasini quduq tanasi bo‘ylab bir tekisda taqsimlanishi va birikma ortidan quduq og‘zigacha ko‘tarilishi;
b) yuvish suyuqligi o‘rnining sement qorishmasi bilan to‘liq egallanishi;
v) quduqning butun kesimi bo‘ylab o‘tkazuvchan qatlamlarni bir-biridan ishonchli ajratilishi.
Ishlatish birikmasi va lift quvurlarining rezbali bog‘lanmalari, birikmalarning mahkamlanish sifati va liftning jihozlanishidan qatiy nazar, GEOSIni ishlatishning loyihaviy texnologik parametrlarida gazga to‘liq germetiklikni ta’minlashi kerak.
Kollektor-qatlamni ochish va quduqni tugallash tub oldi zonaning o‘tkazuvchanligini pasaytirmaydigan yuvish suyuqligida bajarilishi lozim. Gilli eritmalarni, ayniqsa maxsus qo‘shimchalarsiz, faqat istisno holatlardagina ishlatishga ruxsat etiladi.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page