O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 261.5 Kb.
Page9/10
Date04.10.2024
Size261.5 Kb.
#64679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Insert” va “Klaster” metodlaridan geografiya darslarida foydalanish metodikasi
algebra 10-11 1996 www.ziyouz,com
Xulosa va tavsiyalar
Interfaol ta’limtizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim ko‘rsatkichi – sifat va samaradorlik, aynan o‘qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy bog‘liq. Uning kasbiy talabnomasi (professiogrammasi) kun sayin kuchaymoqda. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir degan shior kun tartibiga o‘rinli kiritilgan mustaqillik yillarida bu masalaning yechimi o‘qituvchi va tarbiyachi shaxsiga mustahkam aloqador bo‘lib qoldi. Boisi, o‘qituvchi tajriba va malakasining uyg‘unligi muvaffa-qiyatlar garovi ekanligi sir emas. O‘qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo‘lishi lozimligini buyuk nemis pedagogi A.F.Distervergning fikri ham tasdiqlaydi:
Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
Ta’lim tizimini insonparvarlashtirish (gumanizatsiyalash) muammosini kun tartibiga quygan bugungi kunda o‘qituvchi shaxsining insonparvarlik jihati oldingi o‘ringa chiqdi.
Kadrlar tayyorlashning muammosining samarali yechimi, birinchi navbatda, bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, huquqshunoslik va shunga o‘xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga, har tomonlama bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar tayyorlanishi bilan bog‘liqdir.
Xalq ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha sifatli bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni ta’minlovchi pedagogik usullarni qo‘llay olishi lozim. U zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o‘rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar, amaliy yo‘llanmalar ishlab chiqishi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirganidan so‘ng, uni ta’lim tizimiga joriy eta olishi kerak.
O‘rta umumiy ta’limi maktab o‘quvchilar jamoalarini, tashkil qilishda pedagogdan turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
Pedagog jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashtirish jarayonida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik o‘quvchilarni to‘g‘ri qo‘ya bilish, shu bilan birga o‘quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo‘lishi kerak.
o‘quvchilar jamoasidagi yetakchi kuch-tayanch o‘zagini tanlash.
Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.
Jamoada yangi an’ana, qonun-qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Har bir pedagog pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo‘lishi uchun o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o‘stirishi, o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta o‘ylab, ularning ko‘ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim.

Download 261.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page