O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


? INSERT usuli nimani rivojlantiradi?



Download 261.5 Kb.
Page8/10
Date04.10.2024
Size261.5 Kb.
#64679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Insert” va “Klaster” metodlaridan geografiya darslarida foydalanish metodikasi
algebra 10-11 1996 www.ziyouz,com
?

INSERT usuli nimani rivojlantiradi?
- matn bilan ishlashning samaradorligini oshiradi;

  • faol o‘ylab o‘qishni ta’minlaydi;

  • oldingi axborotni yangisi bilan bog‘lashni o‘rgatadi;

  • mavzuni keyinchalik o‘rganishga da’vat qiladi.

Insert usulining qadamlari:
1.“Aqliy xujum” o‘tkaziladi.
2.Insert yordamida yangi axborotni individual o‘qiladi.
3.“Aqliy xujum” ning yakunlari va o‘kish natijalarini solishtiriladi va muhokama qilinadi.
"Insert" jadvali asosida olingan axborotlar tizimlashtiriladi.
Ushbu usul matn bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini, faol va sermulohaza o‘qilishini taominlaydi. Yangi ma’lumotlarni oldindan ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan bog‘lab qobiliyatlarini o‘stiradilar. Vazifa sifatida matn mashg‘ulotdan oldin berilsa o‘quvchi matnni qunt bilan o‘qishga harakat qiladi.
O‘qituvchi ushbu usuldan foydalanayotganda quyidagilarga eotibor berishi kerak: Adabiyotlarning starli ekanligi, o‘quvchilarning mashg‘ulot bilan bandligi, vaqtning taqsimlanishini, qo‘yilgan belgilar bo‘yicha o‘quvchilarning fikrlarini, fikrlarni saralash va umumlashtirishni, xulosani o‘zi chiqarishni.
4. “Klaster” interfaol metodinig maqsadi va vazifalari
Klaster
“Klaster”- inlizcha so‘z bo‘lib, bir bosh uzum, g‘ujum yoki popuk ma’nosini bildiradi.Namuna:



Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga hizmat qiladi.


Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida nomoyon bo‘ladi.
Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
“Klaster” metodini o‘tkazish texnologiyasi:
1-bosqich. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizni sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tyg‘ilgunga qadar davom ettiring.
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. Foyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
Stil va stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.



Download 261.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page