O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farqlar



Download 261.5 Kb.
Page3/10
Date04.10.2024
Size261.5 Kb.
#64679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Insert” va “Klaster” metodlaridan geografiya darslarida foydalanish metodikasi
algebra 10-11 1996 www.ziyouz,com
Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farqlar
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. U alohida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani ma’lum o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi. Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha.
Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi ayrim farqlar



Asosiy
Tushunchalar

Pedagogik texnologiya

Metodika

Ta’riflar

Pedagogik texnologiya –insonga oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat.

Metodika - ma’lum o‘quv fanini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi.

Maqsad

Komil insonni shakllantirish

Alohida o‘quv fanlarini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlarning sifatli bo‘lishini ta’minlash

Qo‘llash miqyosi

Barcha ta’lim-tarbiya jarayonida

Xususiy fanlarni o‘qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda

Vositalar

Barcha ta’lim-tarbiyaviy vosi -talar, xususiy metodikalar

Alohida o‘quv fanlarini o‘qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda qo‘llaniladigan vositalar

Pedagogik jarayon

Ta’lim va tarbiya texnologiyasi asosida. Ta’lim menejmenti va marketingi asosida. Ta’lim-tarbiya sohasidagi eng ilg‘or taj-ribalarni umumlashtiruvchi loyihalar asosida rivojlanib boradi.
Yetarli tayyorgarlikka ega mutaxassislar tomonidan qo‘llanganda o‘zaro o‘xshash natijalar olinishi ta’minlanadi.

Ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarga tayanib rivojlanadi. Xususiy tajribalar asosida boyitib boriladi. Bir muallifning ilg‘or pedagogik tajribasini hamma pedagoglar aynan qo‘llay olmaydilar. Bunda natijalar har kimda har xil bo‘ladi.Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Natija kafolati

Oldindan belgilangan maqsadga erishish kafolati bor.

Oldindan belgilangan maqsadga har bir o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli, talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o‘qituvchilargina yaxshi natijaga erishadilar.



Kelib chiqishi

Xususiy metodikalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan.

Ta’lim-tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan.

Ushbu farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. “Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo‘g‘ib tashlamagani deyarli mo‘jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni, qiziquvchanlik) rag‘batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, bo‘lmasa, u shubhasiz, mahv bo‘ladi” (A. Eynshteyn).


Bu erda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka etarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o‘qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko‘proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo‘naltiruvchi tomonlari ko‘proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg‘unligi, ko‘plab «agar...»lar (agar o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, yaxshi ota-onalar bo‘lsa... kabilar) yo‘qligi bilan farq qiladi.
Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma mutaxassislar tomonidan qayta tiklash va qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi.
Metod-biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki ko‘rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo‘li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan bir nechta yo‘llardan oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo‘lni aytiladi. Masalan, savod o‘rgatish yo‘llari: oilada o‘rgatish, maktabda o‘rgatish, bog‘chada o‘rgatish, o‘qituvchi yordamida o‘rgatish, kitoblar, kompyuter, ko‘rgazma qurollar va boshqalar vositasida o‘rgatish. Shunga o‘xshash sanoqni, arifmetik amallarni o‘rgatishda ham yuqoridagiga o‘xshash yo‘llardan foydalanish mumkin. Shu yo‘llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo‘llaniladi.
Harakatni amalga oshirish usuli deb tanlangan ma’lum yo‘ldan foydalangan holda oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan harakat usullarini aytiladi. Masalan, savod o‘rgatish maqsadida yuqorida aytilgan yo‘llardan istalgani tanlangandan keyin, shu har bir yo‘l uchun maqsadga muvofiq deb hisoblangan usullarni qo‘l-laniladi. Bular, oilada, bog‘chada, maktabda savod o‘rgatishni amalga oshirishda o‘qituvchining, tarbiyachining qo‘llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim-tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo‘llash usullarini o‘z ichiga oladi. Shunga o‘xshash arifmetik amallarni o‘rgatish yuzasidan tanlangan har bir yo‘l ham o‘ziga xos usullarni qo‘llashni nazarda tutadi.
Demak, har bir harakat ma’lum yo‘l bilan va shunga muvofiq usulda amalga oshiriladi.
Biror harakatni amalga oshirish ko‘rinishi deb, shu harakatni batafsil tasvirlovchi ko‘rinishga aytiladi. Bunda harakatning yo‘nalishi, yo‘nalishining o‘zgarishlari, tezligi ortishi, sekinlashuvi, to‘xtashlari, bir nechta harakatlarning bir vaqtdaligi yoki ularning vaqt oraliklari, harakat natijasida shakllar, fazoviy holatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning tekisligi yoki g‘adir-budurligining o‘zgarishlari va boshqa kuzatish mumkin bo‘lgan turli harakat ko‘rinishlari nazarda tutiladi.
Hozirda metodlar, metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha sifatida idrok qilinmoqda. Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba’zan metodikani texnologiyalar tarkibiga kiritish, ba’zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalarni metodikalar tarkibiga kiritish hollari uchraydi.
Pedagogik texnologiya o‘quv jarayoni, ya’ni o‘qituvchining, o‘quvchining faoliyati bilan uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko‘p darajada bog‘langan.

Download 261.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page