Ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti «tasdiqlayman» Samdu o‘quv ishlari prorektori prof. Soleyev A


Fanning asosiy maqsad va vazifalari



Download 117.66 Kb.
Page2/26
Date08.01.2024
Size117.66 Kb.
#63129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Ҳозирги ўзбек тили 1-курс (2)
Fanning asosiy maqsad va vazifalari
“Hozirgi o‘zbek tili” fani o‘zbek filologiyasi mutaxassisliklar uchun asosiy poydevor fanlardan hisoblanadi.
«Hozirgi o‘zbek tili» fanini o‘qitishdan maqsad Davlat Ta’lim Standartlari asosida bo‘lg‘usi filologlarga o‘zbek tilining fonetik qurilishi, fonetik qonuniyatlari, lug‘at tarkibi, leksik-semantik guruhlari, lug‘atchilik masalasi, morfemik qurilishi, so‘z yasalishi tizimi, so‘z turkumlari, sintaktik qurilishi ( so‘z birikmasi, sodda gap, qo‘shma gap va matn sintaksisi) muammolari yuzasidan izchil ilmiy–nazariy ma’lumot berishdan, immanent imkoniyat sifatida ularning ongida joylashgan ifoda vositalarini etkazishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • o‘zbek tilshunosligi sohasidagi asosiy muammolarni tushunishi;

  • o‘z ixtisosligi doirasida muayyan tadqiqot sohasining ob’ektlari va jarayonlariga nisbatan shaxsiy ilmiy filologik munosabatlar;

  • hozirgi o‘zbek tili muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • hozirgi o‘zbek tili fanining tushunchaviy apparati;

  • hozirgi o‘zbek tili fanining metod va usullari;

  • hozirgi o‘zbek tili fanining ilmiy-tadqiq mavzularini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • badiiy-lisoniy tahlil etish;

  • o‘zbek tili va shevalari namunalarini yozib olish, to‘plash va nashrga tayyorlash;

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma­-ketligi
Mazkur fan oliy ta’limning bakalavriat bosqichi filologiya yo‘nalishida o‘qitilayotgan «Tilshunoslikka kirish», «Qadimgi turkiy til», «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi», «O‘zbek dialektologiyasi», «Umumiy tilshunoslik», «Kompьyuter tilshunosligi» «Ona tili o‘qitish metodikasi», «Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari», «Tilshunoslik va tabiiy fanlar», «Sotsiolingvistika» fanlari bilan, shuningdek, magistratura bosqichidagi «Amaliy tilshunoslik», «Matn tilshunosligi», «O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari», «Psixolingvistika», «Areal tilshunoslik», «Struktural tilshunoslik» kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.

Download 117.66 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page