Tayanch so'zlar: reaktivlar, lizin, proteaza, «asos» hujayra.
Savol va topshiriqlar:
Gen muhandisligi yordamida farmatsevtika uchun qanday mahsulotlar yaratiladi?
Nonda oqsil miqdorini va uning to'yimlilik darajasini oshirish uchin nima ishlar qilinmoqda?
Dori-darmonlar, vitaminlar, fermentlar olishda qanday natijalarga erishildi?
Tayanch so'zlar: polimeraza zanjir reaksiyasi, gen daktiloskopiya. Savol va topshiriqlar:
O'zbekistonda gen muhandisligi fani rivojini belgilagan omillar haqida gapiring.
O'zbekistonda gen muhandisligi va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar va olingan natijalar haqida nimalar bilasiz?
Biotexnologiyaning yo'nalishlarini sanang.
Gen va hujayra muhandisligi kelajagini qanday tasavvur qilasiz?
Genlar terapiyasi nima?
«Asos» hujayralar qanday xususiyatlarga ega?
Sizningcha, inson organlarini probirkalarda yangidan yaratish mumkinmi?
18-Mavzu:Hayotning tur va populyatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari. Amaliy mashg’ulot 4:Turning morfologik mezonlarini aniqlash.
Reja: 1.Hayotning tur va populyatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari. 2.Amaliy mashg’ulot 4:Turning morfologik mezonlarini aniqlash.
HAYOTNING TUR VA POPULATSIYA DARAJASI.TUR TUSHUNCHASI. TUR MEZONLARI Siz avvalgi sinflarda o'simlik va hayvonlar sistematikasi bilan tanishgansiz. Sistematikada eng kichik birlik tur ekanligi, tur binar nomenkulaturaga binoan, qo'shaloq nom bilan nomlanishidan xabardorsiz. Masalan, Gossypium Hirzitium g'o'za turi bo'lib, muayyan belgi-xususiyatlarga egaligini bilasiz.
Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan turlar tabiatda qanday yo'nalishlarda paydo bo'lgan va rivojlangan degan masalalar sizni ham qiziqtirishi tabiiy.
Biologiya fanining rivojlanishida juda ko'p olimlar o'zlarining tadqiqotlari bilan bu muammoni hal etishga harakat qilgan. Keyingi paragraflarda mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari bilan tanishasiz. Organik olamning rivojlanishi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning barchasi biologiya fanining rivojlanishiga qo'shilgan hissa ekanligi nuqtayi nazaridan o'rganiladi. Organik olam juda uzoq muddat davomida tarixiy rivojlangan. Paleontologik qazilma qoldiqlarni o'rganish va hozirda mavjud organizmlarning tuzilishi bilan taqqoslash orqali shunday xulosalar chiqarilgan.
Shuni qayd etish kerakki, organik olam evolutsiyasi haqidagi fikrlar ko'plab biolog olimlarning tadqiqotlari natijasida olingan xulosa sanaladi.
Tur deganda morfologik, fiziologik, etologik, genetik, biokimyoviy xossalari bilan o'xshash, erkin chatishib nasl beradigan, ma'lum yashash sharoitiga moslashgan hamda tabiatda o'z arealiga ega bo'lgan organizmlardan iborat populatsiyalar yig'indisi tushuniladi.
Populatsiya shu turning boshqa populatsiyalaridan ayrim belgi va xossalari bilan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan tizimdir. Har bir tur tabiatda ma'lum maydonni ishg'ol qiladi va bu maydon turning areali deyiladi. Odatda turning areali katta maydondan iborat bo'ladi. Shu sababli tur arealining turli qismlarida yashash muhiti turlicha bo'ladi. Arealning turli qismlarida yashovchi individlar bir turga kirsa ham o'z xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Demak, har qanday tur bir-biridan ozmi-ko'pmi tafovut qilgan individlardan tarkib topgan. Shuning uchun har qanday biologik tur politipik hisoblanadi. Politipik turlar bir-biridan nisbatan alohidalashgan, erkin chatishib nasl beradigan kenja turlar va populatsiyalardan tashkil topadi. Tor arealdayashovchi turlarga nisbatan keng arealda yashovchi turlar politipik sanaladi. Chunki areal qanchalik keng bo'lsa, areal chekkalaridagi muhit o'rtasida tafovut ko'p bo'ladi.
Tur muammosi evolutsion ta'limotda markaziy o'rinda turadi. Tabiatda mavjud xilma-xil o'simlik, hayvonlarni tizimga solishda, ya'ni klassifi- katsiyalashda tur tushunchasi sistematik birlik sifatida qo'llaniladi.
«Tur» atamasini sistematik birlik sifatida fanga birinchi marta ingliz botanigi Djon Rey kiritgan. Tur haqida ko'plab olimlar turlicha fikr bildirganlar. K. Linney tabiatda turning real mavjudligini tan olgan, lekin tur o'zgarmas deb hisoblagan. J. B. Lamark turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat individlar mavjud deb hisoblagan. Ch. Darvinning fikriga ko'ra, tabiatda turlar paydo bo'ladi, yo'qoladi, o'zgaradi, bir tur yangi turning paydo bo'lishiga asos bo'ladi.
Turga berilgan ta'rifning ijobiy tomoni shundaki, u o'zaro chatishib ko'payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo'l bilan ko'payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo'l bilan ham ko'payadigan organizmlar mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab qirilib ketgan turlar bor. Bulardan ma'lum bo'ladiki, barcha turlarining o'ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta'rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlashdatur mezonlaridan foydalaniladi. Turlar ko'p belgilari bilan bir-birlari bilan farq qiladi. Tur uchun xos bo'lgan belgi-xossalar yig'indisi tur mezonlari deb ataladi.