Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page118/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Geografik mezon. Har bir tur tabiatda o'z arealiga ega. Tur tarqalgan hudud katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bo'lishi mumkin. Ba'zan esa ikki, uch turning areali umumiy bo'lishi yoki ba'zi turlarning ishg'ol qilgan areali nihoyatda keng maydonni egallashi mumkin. Bu esa o'z navbatida geografik mezon boshqa mezonlar kabi nisbiyligidan dalolat beradi.
Ekologik mezon. Bir turga kiruvchi organizmlar ma'lum muhit sharoitiga moslashgan, biogeosenozda o'zining ekologik o'rniga ega va o'zining aniq funksiyasini bajaradi. Masalan, dalalar, yaylovlarda zaharli ayiqtovon, daryo qirg'oqlari va ariq chetlarida sudraluvchi ayiqtovon, botqoqliklarda achishtiradigan ayiqtovon turlari uchraydiGenetik mezon. Har bir tur o'ziga xos kariotipga ega bo'lib, bu mezon xromosomalar soni, shakli, tuzilishi, maxsus bo'yoqlar bilan bo'yalishi bilan ifodalanadi. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38 ta, ikkinchisida 42 ta xromosoma bor (79-rasm).
Genetik mezon ham nisbiy sanaladi. Chunki bir turga mansub orga­nizmlarning xromosomalar soni va tuzilishi, farqlanishi har xil turga mansub organizmlarda esa xromosomalar soni teng bo'lishi mumkin. Masalan, karam va turpda 18 tadan xromosoma bor.
Etologik mezon. Bir turga mansub individlar boshqa turga mansub individ- lardan xulq-atvori va xatti-harakati bilan farq qiladi.
Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqlama mutlaq hisoblanmaydi. Shu bois turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki ko'pchiligidan foydalanish talab qilinadi.
Tayanch so'zlar: tur, tur mezoni, morfologik mezon, fiziologik mezon, biokim­yoviy mezon, geografik mezon, genetik mezon, ekologik mezon, etologik mezon.
POPULATSIYA - TURNING TUZILISH VAEVOLUTSIYANING BOSHLANG'ICH BIRLIGI
Siz avvalgi mavzuda tur tushunchasi bilan tanishdingiz. Haqiqatan ham, tur bir-biriga o'xshaydigan, bir-biri bilan chatisha oladigan organizmlar yig'indisidan iborat murakkab bo'lgan tuzilmadir. U mazkur tur tarqalgan, nisbatan kichik, alohida arealda yashaydigan populatsiyalarga - kichik tabiiy guruhlarga bo'linib ketadi. Bir populatsiya ikkinchi populatsiyadan nisbatan alohidalashgan bo'ladi.
Populatsiya - tur areali ma'lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo'lib yashaydilar. Lekin ular turg'un holatda bo'lmay, tashqi muhit ta'sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo'shilib ketishi mumkin. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo'ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko'p, tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo'ladi. Har xil turga kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o'simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq. Tok shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o'n metr bo'lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho'ziladi.
Populatsiyadagi individlar soni ham turlicha bo'ladi. Ayrim hasharotlarning populatsiyalari yuz minglab, hatto millionlab individlardan iborat bo'lsa, ayrim populatsiyalarda individlar soni juda oz bo'ladi. Masalan, Uzoq Sharqda tarqalgan yo'lbars populatsiyasi 300-400 ta individdan iborat.Populatsiyani tashkil etuvchi individlar o'rtasida murakkab o'zaro munosabatlar mavjud. Individlar oziq resurslari, yashash joyi uchun o'zaro raqobatda bo'lishlari yoki aksincha dushmandan birgalikda himoyalanishlari mumkin. Ayrim jismoniy zaif, kasal individlarning o'limi populatsiya tarkibiy sifatini yaxshilaydi, populatsiyaning o'zgaruvchan muhit sharoitida yashovchanligini oshiradi.
Jinsiy ko'payish tufayli populatsiya doirasida to'xtovsiz genlar alma­shinuvi sodir bo'ladi. Populatsiyalar o'rtasida mavjud alohidalanishlar tufayli har xil populatsiyalarga mansub organizmlarning o'zaro chatishish ehtimoli kamayadi. Shuning uchun ham har bir populatsiya o'ziga xos genlar to'plami - genofondi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, hayot populatsiya darajasining mavjudligi tur tarkibining xilma-xilligi bilan bir qatorda turning turg'unligini ham ta'minlaydi. Populatsiya darajasida sodir bo'ladigan o'zgarishlar evolutsiyaning tezligi va yo'nalishini belgilaydi. Yangi turlarning paydo bo'lish jarayoni populatsiya genofondining o'zgarishidan boshlanadi.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page