1.2. Mavzuga kirish. Mashg‘ulotning mavzusini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va natijalarini tushuntiradi.
1.3.Fan yakunida qo‘yiladigan baholash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova). 1.4.Mavzu bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotning rejasi bilan tanishtiradi va uning maqsadi, o‘quv faoliyati natijalarini bayon qiladi.
2.1 “O‘ylang-juftliklarga bo‘lining-fikrlar bilan almashing” texnikasini qo‘llab o‘quvchilarni faollashtiradi. “Tirik organizmlarning tuzilish va rivojlanish eng kichik birligi nima?”, “Hujayra qanday tuzilishga ega?”(1-ilova)
2.2.Javoblarni qabul qiladi va insert jadvali asosida uyga berilgan vazifani eslatadi. O‘quvchilarga matnni o‘qish davomida qo‘ygan belgilar asosida, savollarga javob berishlarini taklif etadi. “Ushbu mavzu bo‘yicha siz avvaldan nimalarni bilasiz?”, “Sizlarda qanday savol paydo bo‘ldi” , “Mavzudagi nimalar sizga tushunarsiz”. Blits-so‘rov o‘tkazadi. Hayotning tuzilish darajalarini toifalash jadvalida ifodalashjadvalini tekshiradi va javoblarni umumlashtiradi.