2-bosqich.
Asosiy
(60daq.)
|
Tayanch bilimini faollashtirish.
2.1.O‘tilgan mavzu bo‘yicha uy vazifasi tekshiriladi. Tezkor so‘rov o‘tkaziladi.(1-ilova)
Yangi o‘quv material bayoni.
2.2.Ma’ruza bahs-munozara tariqasida o‘tkazilishini e’lon qiladi. Bahs-munozarani boshqarib borish uchun eng iqtidorli o‘quvchilar orasidan boshlovchi tayinlaydi. Ma’ruzalar mavzusi bilan tanishtiradi (2-ilova). Zarur hollarda bahs-munozaraga aralashadi va kerakli tomonga yo‘naltiradi. Qatnashchilarini baholash maqsadida ekspert guruhni tashkil qiladi. Ma’ruzalarni baholash mezonlarini ekranga chiqaradi. (3-ilova).
2.3.O‘quvchilarni tayyor ma’ruza asosida chiqishlarini tashkil qiladi, o‘quv materialining mazmuni mantiqan to‘g‘ri tuzilganligini diqqat bilan tinglaydi. Bayon etilayotgan mavzuni muhokama qilishga ehtiyoj sezilsa, ma’ruzani vaqtincha to‘xtadi va jamoa bo‘lib munozarali masalani muhokama qiladi. Slaydlardan foydalaniladi (4-ilova).
2.4. Ma’ruzalarning mazmunini jamoa bo‘lib muhokama qilishni tashkil qiladi. Boshlovchi bilan birgalikda bahs-munozarani boshqarib turadi:
1) Savollar beradi (5-ilova);
2) Ma’ruzaning asosiy jihatlarini aniqlaydi;
3) Chiqishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Evolyusiya jarayonida tirik organizmlarni immun sistemasi pasayish oqibatida turli kasalliklar kelib chiqish xolatlari eng muhim muammolardan biri ekanligini aytib o‘tadi. O‘quvchilarga yo‘naltiruvchi savollar berish orqali , ushbu muammo ichidagi muammolarni keltirib chiqaradi. Muammoli savollar orqali o‘quvchilarni bu muammo echimini topishga undaydi. Har bir ma’ruzaning muhokamasi yakunida qisqacha umumlashtiradi.
|
Savollarga javob beradilar
Ma’ruzachi ma’ruzani o‘qiydi. Taqrizchi ijobiy tomonlarini ko‘rsatib o‘tadi, sayoz tomonlariga izoh beradi. Opponentlar o‘z fikrlarini aytib, savol beradilar.
Ma’ruzaning mazmuni jamoa bo‘lib muhokama qilinadi. Bahs munozaraga kirishadi. Ekspertlar ma’ruzachini, taqrizchilarni va opponentlarni baholaydilar.
O‘z erkin fikrlarini bildiradilar, bahs-munozara yuritadilar, tahlil qiladilar, xulosa chiqaradi.
|