Tasdiqlayman


Biologiya fanining tarmoqlari



Download 2.96 Mb.
Page51/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleksfan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot,psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariyasos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalargabo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar, mikrobiologiya –mikroorganizmlar, mikologiya – zamburug‘lar, gidrobiologiya – suv muhitidagiorganizmlar, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar, ekologiyaesa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turlifanlarga ajraladi. Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini, fi ziologiyaesa funksiyasini, embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini, sistematika –organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini,etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.
Biologik sistemalarda ro‘y beradigan fizik jarayonlarni biofizika,organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni biokimyo,tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini biogeografi ya fanio‘rganadi. Bionika organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari vatuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni, biotexnologiya esa tirikorganizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llashnimaqsad qilib qo‘yadi.
Hozirgi kunda insoniyat jamiyatining taraqqiyot darajasi biologiya fanirivojiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Biologiyada tirik organizmlarning
hayotiy xossalarini o‘rganish uchun quyidagi metodlardanfoydalaniladi.
Kuzatish metodi. Organizmlar va ularni o‘rab turgan atrof-muhitda ro‘y beradigan hodisalarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi.Bu metod qadim zamonlardan boshlab olimlar tomonidan daliliy materiallaryig‘ish va uni tavsifl ash uchun keng qo‘llanilgan. XVIII asrda bu metodyordamida biolog olimlar hayvonlar va o‘simliklarni ta’rifl ash, tasvirlash vato‘plangan materiallarni tartibga solish bilan shug‘ullangan.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page