Taqqoslash metodi. Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiyqismlardagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o‘rganiladi.
Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya,embriologiya fanlarida foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayranazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar
qonuni kashf etilgan.
XVIII asrdan boshlab keng qo‘llanila boshlangan bu metod biologic obyektlar, hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni aniqlashorqali ularning mohiyatini ochishga imkon yaratdi.
Tarixiy metod.Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsionjarayonda paydo bo‘lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish vaularni avvaldan mavjud bo‘lgan dalillar bilan qiyoslash, organizmlarning paydobo‘lishi va rivojlanishi, ularning tuzilishi va funksiyalarining murakkablashibborish qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi. Shu orqali organizmlarningpaydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini asoslab berish mumkin.Tarixiy metod turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo‘lishi va organic olam evolutsiyasini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Eksperimental (tajriba) metodi.Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirikorganizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o‘rganish eksperimental metod orqaliamalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xossalarimohiyatini tajribalar yordamida chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi.G. Mendelning irsiylanish qonu niyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarifanda tajriba usulini qo‘llashning yorqin namunasidir. Bio logik tadqiqotlaruchun zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi bu usuldan kengfoydalanish imkonini berdi.
Modellashtirish metodi.Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘l lanilayotgan
modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar vaularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklabo‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini,ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirishorqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoniyaratildi.