Tasdiqlayman


Mustaqil bajarish uchun topshiriq



Download 2.96 Mb.
Page54/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Biologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari yordamida hal etiladigan muammolarniyozing.


Biologiyaning ilmiy-tadqiqot

Mazkur metodlar yordamida hal etiladigan muammolar

Kuzatish metodi




Taqqoslash metodi




Tarixiy metod




Eksperimental metod




Modellashtirish metodi






2-Mavzu: Hayotning molekulyar darajasi.
Reja:

  1. Tirik organizmlarni o‘rganish da dastlab organik birikmalar

  2. Tirik materiyaning molekula darajasi

  3. Biosferada hayot molekula darajasining asosiy roli

Ma’lumki, tirik organizmlar yaxlit sistema bo‘lib, ular organlar sistemasidan,organlar sistemasi esa, organlardan, organlar to‘qimalardan, to‘qimalar esahujayralardan tuzilgan. Shu sababli, hujay ra tirik organizmlarning tuzi lish,ko‘payish va funksional birligi sanaladi. Ti rik organizmlarga xos bo‘l gan hayotiyjarayonlar aynan hujayralarda sodir bo‘ladi. Hu jayra va uning organoidlaridaboradigan hayotiy jarayonlar uning tarkibiga kiradigan or ganik birikmalargabog‘liq bo‘ladi. Mazkur organik birik ma larning molekula darajasida o‘rganili shi hujayra, to‘qima, organ, organlarsistemasi va organizmda sodir bo‘ladiganjarayonlarda ularning biologik ahamiyatini tushunish imkonini beradi


Hayotning molekula darajasiYerda hayotning paydo bo‘lishi varivojla-nishining birlamchi asosi sifatidao‘rgani lishi, shuningdek, tiriklikning keyingi darajalari bo‘lganhujayra, to‘qima, organ, organizm,populatsiya va tur, biogeose noz, biosfera bilan o‘zaro aloqadorlik va uzviylikni aniqlashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Hayotni molekula darajasida o‘rganishning mohiyati tirik organizm hujayralarida uchraydigan biologik molekulalar, ya’niorganik birikmalar: uglevod lar, oqsillar, nuk lein kislotalar, lipidlarning tuzilishi va ularning biologic ahamiya tini aniqlash sanaladi.Molekula darajasida muhim biologik birikmalar (uglevodlar, oqsillar,nuklein kislotalar, lipidlar)ning tirik organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi,
irsiy axborotni saqlashi va avloddan avlodga o‘tkazishi, modda va energiya
almashinuvida tutgan o‘rni o‘rganiladi.
Tirik organizmlarni o‘rganish da dastlab organik birikmalar, ular ishtirokida
boradigan reaksiyalar, fi zik-kimyoviy jarayonlarga e’ti bor qaratiladi. Mazkur
jarayon lar aniqlangandan so‘ng, tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish mumkin.Shuni qayd etish kerakki, makromolekulalarning tuzilishi va xususiyatlarinibilish, ularni laboratoriya sharoitida o‘rganish biomolekulalar haqida to‘liqtasavvurni hosil qilmaydi. Hayotning molekular darajasini o‘rganishda kimyo,fizika, informatika, matematika fanlarining kashfi yotlari va qonunlaridanfoydalaniladi. Hujayradan ajratib olingan makromolekulalar biologikmohiyatini yo‘qotib, faqat fi zikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Tirik materiyaning molekula darajasi qator biologik molekulalar – DNK,RNK, ATF, oqsillar, uglevodlar, lipidlar va boshqa murakkab birikmalar bilanbirgalikda muayyan funksiyalarni bajaradigan majmualarini o‘rganadi.Yirik molekulali organik moddalar o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlargaega. Masalan, oqsillarning monomeri aminokislotalar bo‘lib, ular i-RNKdakodlangan irsiy axborot asosida belgilangan tartibda peptid bog‘lari orqalibog‘lanadi va oqsilning birlamchi strukturasi shakllanadi. Ribosomadanajralgan oqsillar keyinchalik vodorod bog‘lari hisobiga ikkilamchi, oltingugurtbog‘lari orqali uchlamchi strukturaga ega bo‘ladi va muayyan vazifa (ferment,gormon)ni bajaradigan oqsil molekulasiga aylanadi.Xuddi shuningdek, turli monomerlar tuzilishi bo‘yicha har xil, lekin makromolekulatarkibida bir-biri bilan ki myoviy bog‘lar orqali birlashib, muay yanvazifalarni bajaruvchi yaxlit mo le kula (nuklein kislota, oqsil)larga aylanadi.


Makromolekulalar tarkibida asosiy kimyoviy element sifatida uglerodning
ishtiroki ularning tuzilishida umumiylik bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Uglerodning
maxsus fi zik-kimyoviy xususiyatlari hisobiga yirik, murakkab va xilma-xil
organik birikmalar yuzaga keladi.
Makromolekulalarning noyob tuzilish xususiyati ularning bajaradigan
biologik vazifalari bilan tavsifl anadi. Masalan, nuklein kislota molekulalari
irsiy axborotni saqlash, irsiyatni keyingi avlodga o‘tkazish vazifasini bajaradi.
Lipidlar hujayraning biologik membranasi, hujayra organoidlariningtuzilishida ishtirok etadi. Oqsillar hujayrada sodir bo‘ladigan barcha biokimyoviyjarayonlarni boshqarish va katalizator sifatida mazkur jarayonni jadal borishidaishtirok etadi. Fotosintez jarayonida quyoshning yorug‘lik energiyasi kimyoviybog‘lar energiyasiga aylanishi natijasida uglevodlar hosil bo‘ladi va u barchabiologik molekulalarning tuzilishida birlamchi asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page