Energetik funksiya.1 g oqsil to'liq oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,6 kJ energiya ajraladi.
Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar polimerlar bo'lib, ularning monomerlari nukleotidlar hisoblanadi. Har bir mono- nukleotid 3 ta komponentdan tuzilgan: azotli asos (10-rasm), monosaxarid (11-rasm), fosfat kislota qoldig'i.
DNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar dezoksiribonukleotidlar, RNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar ribonukleotidlar deb yuritiladi qisqarishini ta'minlaydi.
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydi va juda ko'p fiziologik jarayonlarda muhim o'rin tutadi. ATF (adenozintrifosfat), ADF (adenozindifosfat), AMF (adenozinmonofosfat) shular jumlasidandir.Adenozintrifosfat - ATF.ATF molekulasi adenin, riboza va uchta fosfat kislota qoldig'idan tuzilgan (14-rasm). Fosfat kislota qoldiqlari orasida ikkita katta energiya saqlovchi bog'lar mavjud.Hujayradagi barcha biosintetik reaksiyalar, organ va to'qimalar faoliyati, membrana orqali moddalarning aktiv transporti, endositoz, ekzositoz jarayonlari ATF energiyasi hisobiga sodir bo'ladi.
ATF + H2O ^ ADF + H3PO4+energya (40 kJ) Polinukleotidlarning tuzilishi. Mononukleotidlar bir-biri bilan o'zaro birikib polinukleotidlarni hosil qiladi. Polinukleotid zanjirida mononukleotidlar o'zaro fosfodiefir bog'i yordamida bog'lanadi. Fosfat kislota qoldig'i oldingi nukleotid pentozasining 3' uglerod atomi bilan, keyingisining 5' uglerod atomi bilan bog'lanadi. Polinukleotid zanjirning bir uchi 5 - oxiri deyilsa, ikkinchi uchi 3' - oxiri deyiladi. Polinukleotidlarda mononukleotidlarning birin-ketin izchil joylashishi uning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi.Azotli asoslarning komplementarlik qonu- niyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan:
-Purin asoslarining soni pirimidin asoslarisoniga teng.
-Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C
Adenin va guaninlar sonining yig'indisi sitozinlar va timinlar sonining yig'indisiga teng: A+G=T+C
Azotli asoslar komplementarligi DNKning Uratsil irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o't- kazish vazifasining kimyoviy asosi hisoblanadi. Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlangan- dagina irsiy axborot nasldan naslga xatosiz o'tkaziladi.