Lipidlarning funksiyalari. Lipidlar hujayrada xilma-xil funksiyalarni bajaradi. Plastik (qurilish materiali) funksiyasini bajaradigan lipidlarga hu- jayralar membranali tuzilmalarining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar, xolesterin, lipoproteinlar, glikolipidlar misol bo'ladi.
Buyrak usti bezidan ajraladigan kortikosteroid gormonlar va jinsiy bezlarning gormonlari steroidlar qatoriga kiradi va gormonal funksiyani bajaradi. 1g yog' to'liq oksidlanganda 9,3 kkal yoki 38,9 kJ energiya ajraladi.Teri osti yog' kletchatkasi mexanik ta'sirlardan himoya qiladi. Lipidlar issiqlikni yomon o'tkazganligi tufayli, organizmda issiqlikni saqlashga yordam beradi. O'simliklarda va hayvonlarda yog' zaxira holda to'planadi. Cho'l hayvonlarida va qishda uyquga ketadigan hayvonlarda zaxira yog' energiya va suv manbayi bo'lib xizmat qiladi. Yog'da eruvchi A, D, E, K vitaminlari fermentlarning koferment qismini tashkil qiladi.
IOqsillartarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologik polimerlar bo'lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» - birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko'p jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog'liq.
Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug'lar, o'simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz beradigan kimyoviy o'zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer moddalar bo'lib, ularning monomerlari aminokislotalardir.
Aminokislotalar. Aminokislotalar kichik molekulali organik birikmalar bo'lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli ta'minlanadi.Aminokislotalar molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo'lgan ikki qismdan, aminoguruh (- NH2) va karboksil guruh (- COOH) va har bir aminokislota uchun o'ziga xos bo'lgan qism- radikaldan iborat (7-rasm). O'simliklar va ko'pchilik mikrooganizmlar hujayralaridagi oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokislotalar tabiatda uchraydigan boshqa mod- dalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam
va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari) 7-rasm Aminokislotaning mavjud emas. Odam va hayvonlar bir necha umumiy foimulasi.
aminokislotalarni boshqa organik moddalardansintezlay olmaydilar. Bu aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalar almashinmaydigan aminokislotalardeyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalar almashinadigan aminokislotalar deyiladi.