Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page74/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Tayanch so'zlar: avtotrof, fototrof, xemotrof, fotosintez, yorug'lik kvantlari, fotonlar, temir bakteriyalari, nitrifikator bakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari, vodorod bakteriyalari.
Savol va topshiriqlar:

  • Plastik reaksiyalar haqida nimalarni bilasiz?

  • Fotosintez jarayonini tushuntiring.

  • Fotosintezning qorong'ilik bosqichini tushuntiring.

  • Fotosintezning yorug'lik bosqichini izohlab bering.

  • Xemosintez jarayoni haqida so'zlab bering.

Mustaqil bajarish uchun topshiriq:

Jadvalni to'ldiring.



Taqqoslanadigan jihatlar

Fotosintez

Nafas olish

Hujayraning qaysi qismida sodir bo'ladi







Bosqichlari







Boshlang'ich mahsulot







Oxirgi mahsulot







Reaksiyasining ifodalanishi







Ahamiyati








7-Mavzu:Hujayra tiriklining irsiy birligi. Xromasoma- genlar tizimi sifatida . Hujayrani hayotiy sikli.
Reja:
1. Hujayra tiriklining irsiy birligi.
2. Matritsali sintez reaksiyalari.
3. DNK reduplikatsiyasi.
4.Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.
5.Transkripsiya (RNK sintezi).

Tirik organizmlar ko'payish, ya'ni o'ziga o'xshaganlarni yaratish xu- susiyatiga ega bo'lib, bu xususiyat genetik axborotni nasldan naslga o'tkazish bilan bog'liq. Ko'payish xususiyatiga molekula darajada qaralsa, bu hodisa DNK molekulasining ikki hissa ortishi bilan ifodalanadi. Hujayra darajasida bu xususiyat mitoxondriyalar va xloroplastlarning bo'linib ko'payishi, mitoz, meyoz jarayonlarida aks etadi.


Hujayra o'z irsiy axborotini barqaror va uzviy ravishda keyingi avlodga o'tkaza oladigan irsiy birlik bo'lib, avlodlarning bardavomligini ta'minlaydi. Irsiyatning moddiy asosi bo'lgan DNK molekulasi o'z-o'zini ko'paytirish xususiyatiga ega, lekin bu jarayon faqat tirik hujayradagina amalga oshadi.
Matritsali sintez reaksiyalari. Genetik axborot DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan. Genetik axborot asosida biopolimerlar sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalarga DNK sintezi - reduplikatsiya, RNK sintezi - transkripsiya, oqsil biosintezi - translatsiya kiradi. Matritsali sintez reaksiyalari asosida nukleotidlarning o'zaro komplementarligi yotadi.
DNK reduplikatsiyasi. Irsiy axborotni nasldan naslga o'tkazish DNK molekulasining fundamental xususiyati - reduplikatsiyasi bilan bog'liq. DNK molekulasining ikki hissa ortishi reduplikatsiya deyiladi. DNK molekulasining dastlabki qo'sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga ajraladi. DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo'lib xizmat qiladi. DNK - polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin nukleotidlardan foydalanib, ATF energiyasi hisobiga DNKning yangi komple­mentar zanjiri sintezlanadi. Bu jarayon hujayra sikli interfaza bosqichining sintez davrida sodir bo'ladi.
Organizmlar hayotining asosiy sharti, bu - hujayralar oqsil molekulasining sintezlay olish Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi. qobiliyatidir. Har bir tur boshqa turlardan farqlanuvchi, unikal oqsillar to'plamiga ega. Turli organizmlarda bir xil funksiyani bajaradigan oqsillar ham aminokislotalar soni va izchilligi bilan farqlanadi. Muhim hayotiy funksiyalarni bajaruvchi oqsillar barcha organizmlarda o'xshash bo'ladi.
Tashqi muhitdan ovqat tarkibida qabul qilingan oqsillar bevosita shu organizmning hujayralari oqsillari o'rnini bosa olmaydi. Bu oqsillar organizmlarning hazm qilish organlarida aminokislotalarga parchalanadi. Bu aminokislotalar ichakdan qonga so'rilib, hujayralarga yetib boradi. Genetik axborot asosida har bir hujayra o'ziga xos bo'lgan oqsillarni sintezlaydi. Oqsillarning faoliyat ko'rsatish muddati cheklangan bo'lib, ma'lum vaqtdan so'ng ular parchalanadi. Ularning o'rniga to'xtovsiz yangi oqsillar hosil bo'ladi.
Oqsillar strukturasini DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi belgilaydi. Oqsillarning birlamchi strukturasi haqidagi genetik axborotlar DNK zanjirida nukleotidlar izchilligi tarzida birin-ketin joylashgan. DNKning bir polipeptid zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi gen deb ataladi.

Nukleotid

1

2

3

U

С


Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page