RNKning tuzilishi. RNK molekulasi bitta polinukleotid zanjiridan iborat (17-rasm). Tuzilishi, molekulasining katta-kichikligi, hujayrada joylashishi va bajaradigan vazifasiga ko'ra 3 xil RNK farq qilinadi.
Informatsion RNK (i-RNK) oqsilning strukturasi haqidagi genetik axborotni yadrodan ribosomalarga yetkazadi. Ribosomal RNK (r-RNK) ribosomalarning tarkibiga kiradi, yadroda xromosomaning yadrocha hosil qiladigan qismida sintezlanadi. Transport RNK (t-RNK) yadroda hosil bo'ladi, aminokislotalarni biriktirib ribosomaning polipeptid zanjiri yig'iladigan joyga - ribosomaga yetkazadi. t-RNK «beda bargi» deb ataluvchi ikki- lamchi strukturaga ega. t-RNKning mole- kulasida ikkita faol qismi bo'lib, ulardan biri antikodon tripleti va ikkinchisi akseptor uchi. Antikodon tripleti i-RNKning kodo- niga komplementar. Akseptor uchiga aminokislotalar birikadi . RNK
molekulalari DNK molekulasining qo'sh
zanjirining biriga komplementar tarzda sintezlanadi.