Tasdiqlayman


Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy



Download 2.96 Mb.
Page73/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy kashf etgan. Xemotroflar anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo'lgan energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo'lgan energiya ATFning fosfat bog'lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarflanadi. Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma'lum.
Temir bakteriyalari ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha oksidlab, hosil bo'lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan organik moddalarni sintezlaydi.
4 FeCO3+O2+ 6H2O = 4Fe(OH)3+ 4CO2+ energiya
Nitrifikator bakteriyalar organik moddalarning chirishidan hosil bo'lgan ammiakni nitritlarga (HNO2), nitritlarni nitratlargacha (HN03) oksidlab, shu jarayonda hosil bo'ladigan energiyadan foydalanadi:
2NH3+ 3O2= 2HNO2+ 2H2O + energiya 2NHO2+ O2= 2HNO3+ energiya
Azot kislotasi esa tuproqdagi minerallar bilan birikib, o'simliklar o'zlashtira oladigan azotli o'g'itlar hosil qiladi.
Oltingugurt bakteriyalari vodorod sulfidni molekular oltingugurtga yoki sulfat kislotagacha oksidlab o'z tanasida oltingugurt to'playdi. Vodorod sulfid yetishmaganida bakteriyalar o'z tanasida to'planib qolgan oltingugurtni sulfat kislotagacha oksidlashdan ajraladigan energiyadan foydalanadi.
2H2S + O2 ^ 2H2O + 2S + energiya
2S + 3O2+ 2H2O = 2H2SO4+ energiya
Vodorod bakteriyalari. Vodorod bakteriyalari vodorodni oksidlaydi.
2H2+ O2= 2H2O + energiya
Xemosintez jarayonlarida kimyoviy reaksiyalarda ajralgan energiya uglerod manbayi bo'lgan CO2 dan organik modda (CH2O) sinteziga sarflanadi.
Xemosintezlovchi bakteriyalar tabiatda moddalar aylanishida, ayniqsa atomlarning biogen migratsiyasida katta ahamiyatga ega. Nitrifikator bakteriyalar tuproqni o'simliklar uchun zarur azotli birikmalarga boyitadi. Oltingugurt bakteriyalari faoliyatida hosil qilgan sulfat kislota tog' jinslarining yemirilishiga sabab bo'ladi. Temir bakteriyalari faoliyati natijasida temir rudasi hosil bo'ladi.


Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page