Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page75/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
A

G

U

uuuuuc
UUAUUG

FenilalaninLeysin

ucuucc
UCAUCG

Cerin

UAUUACUAAUAG

Tiozin Stop
kodonlar

UGC fsisteinUGA Stop kodonUGG Triptofan

AG

С

CUUCUCCUACUG

Leysin

CCUCCCCCACCG

^Protin

CAUCACCAACAG

GistidinGlutamin

CGUCGCCGACGG

Arginin

AG

A

AUUAUCAUAAUG

tzoleysinMetionin

ACUACCАСАACG

Treonin

AAUAACAAAAAG

AsparaginLizin

AG UAGCAGAAGG

-Serin■Arginin

AG

G

GUUGUCGUAGUG

Valin

GCUGCCGCAGCG

Alanin

GAUGACGAAGAG

Asparaginkislota
Glutaminkislota

GGUGGCGGAGGG

Glitsin

AG

Genetik kod. Izoh: AUG - start kodon; UAA, UAG, UGA teminator - stop kodonlar.
Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo'lishi nazarda tutilsa, 43= 64 ta kod hosil bo'ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.Genetik kodning xususiyatlari:

  • Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi.

  • Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.

  • Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin.

  • Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.

  • Genetik kodning 61 tasi «ma'noli», ya'ni ma'lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir (25-rasm).

Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi to'g'risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o'tadi.Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK tomonidan o'tkaziladi. DNK qo'sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjir- larning birida komplementarlik asosida (A-U, G-S) RNK-polimeraza fermenti yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma'noga ega bo'lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to'g'risidagi axborot DNKdan i-RNKga ko'chirilishi transkripsiya deyiladi (26-rasm).
Translatsiya (oqsil sintezi). Bu jarayonda i-RNK matritsa hisoblanadi.
Translatsiya irsiy axborotni i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima qilish. Translatsiya jarayonida RNKdagi axborot asosida ribosomalarda oqsil molekulasining birlamchi strukturasi hosil qilinadi. Ribosomalar i-RNKning oqsil sintezi boshlanadigan uchi bilan bog'lanadi. i-RNKning bu uchida AUG triplet joylashgan bo'lib, bu triplet translatsiyani boshlovchi«start kodon»deyiladi. Ribosomalarda i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlari komplementar tarzda bog'lanadi. t-RNK tomonidan keltirilgan aminokislotalar fermentlar yordamida ATF energiyasi hisobiga o'zaro peptid bog'lar orqali birikadi, ya'ni oqsil sintezlanadi
Demak, matritsali sintez reaksiyalari orqali genetik axborotning uzatilishi organizmlarning ko'payishi, regeneratsiyasi, hujayralarning bo'linishi kabi jarayonlar ta'minlanadi.
Tayanch so'zlar: matritsali sintez, reduplikatsiya, transkripsiya, translatsiya. genetik kod, start kodon, stop kodon.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page