Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page82/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Savol va topshiriqlar:

  • Hayotning organizm darajasi uchun xos bo'lgan xususiyatlarni ayting.

  • Hayotning organizm darajasi xususiyatlari bilan molekula va hujayra daraja- larining xususiyatlarini taqqoslang. Umumiy xususiyatlar va farqlarni aniqlang.

  • Hayotning organizm darajasi bilan hujayra darajalarining xususiyatlari o'r- tasidagi uzviylikni tushuntiring.

Mustaqil bajarish uchun topshiriq: «Bir va ko'p hujayrali organizmlarda kechadigan jarayonlar» mavzusida referat tayyorlang.
. TIRIK ORGANIZMLARNING OZIQLANISHGAKO'RA TURLARI
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar ochiq biologik sistemalardir, ya'ni ular bilan atrof-muhit o'rtasida uzluksiz modda va energiya almashinuvi bo'lib turadi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlar, hujayradagi plastik reaksiyalar, membrana orqali moddalar transporti, hujayralarning o'sishi
va bo'linishi, to'qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash uchun energiya zarur. Bu energiya oziq moddalarning parchalanish jarayonida hosil bo'ladi. Tirik organizmlar tomonidan modda va energiyaning o'zlashtirilishi oziqlanish deyiladi. Oziqlanish tirik organizmlarning muhim xususiyati hisoblanadi.
Tirik organizmlar uglerod va energiyaning qanday manbayidan foyda- lanishiga ko'ra avtotrof va geterotroflarga ajratiladi.
Avtotroflar organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiluvchi organizmlardir. Organik moddalarni sintezlash uchun energiya zarur. Avto­troflar qaysi energiya turidan foydalanishiga ko'ra fototrof va xemotroflarga bo'linadi. Fototroflar - yorug'lik energiyasidan foydalanib organik moddalarni sintezlaydigan organizmlardir. Fototroflarga barcha yashil o'simliklar va sianobakteriyalar kiradi.
Xemotroflar anorganik moddalarning oksidlanishidan hosil bo'lgan energiyani organik birikmalar energiyasiga aylantiruvchi organizmlardir. Xemotroflarga nitrifikator, oltingugurt, vodorod va temir bakteriyalari kiradi.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page