Tasdiqlayman


Metafaza I da xromosomalar o'z sentromerlari bilan birgalikda ekvator tekisligi bo'ylab joylashadi. Anafaza I



Download 2.96 Mb.
Page79/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Metafaza I da xromosomalar o'z sentromerlari bilan birgalikda ekvator tekisligi bo'ylab joylashadi. Anafaza I da gomologik xromosomalar xromatidalarga ajralmagan holda qarama-qarshi qutblarga tarqaladi.Har bir juftdagi ota va ona xromosomalari qutblarga tasodifiy kombinatsiyalarda tarqaladi. Reduksion bo'linishning keyingi fazasi telofaza I bo'lib, u qisqa vaqt davom etadi. Bu bosqichda xromatinlar despirallashadi, yadro qobig'i hosil bo'ladi. Xromosomalar soni teng gaploid to'plamga ega ikkita qiz hujayrani paydo qiladi.
Meyozning birinchi va ikkinchi bo'linishi o'rtasidagi bosqich interkinez deb ataladi. Interfazadan farqli o'laroq, interkinezda DNK replikatsiyasi ro'y bermaydi. Profaza II mitoz profazasidan farq qilmaydi. Metafaza II da juft xromatidali xromosomalar o'z sentromeralari bilan ekvator tekisligida joylashadi. Anafaza II da sentromerlar bo'linib har bir xromatida mustaqil xromosomalarga aylanadi. Telofaza II da xromosomalar qutblarga tarqaladi va sitokinez amalga oshadi (32-rasm).
Meyozning biologik ahamiyati. Meyoz jarayonida 1 ta diploid to'plamli hujayradan 4 ta gaploid hujayralar hosil bo'ladi. Meyoz jarayonida sodir bo'- ladigan konyugatsiya, krossingover, gomologik xromosomalarning taso- difiy kombinatsiyalarda tarqalishi tu- fayli bir-biridan va boshlang'ich ona hujayradan genetik jihatdan farq qiladi. Meyoz jarayoni asosida kombinativ o'zgaruvchanlik yotadi.
I

Tayanch so'zlar: xromosoma, xromatida, geteroxromatin, euxromatin, sentro-mera, metasentrik, submetasentrik, akrosentrik, amitoz, mitotik sikl, mitoz, kariokinez, sitokinez interfaza, profaza, metafaza, anafaza, telofaza, meyoz.

Savol va topshiriqlar:

  • Eukariot hujayralarga qaysi yo'l bilan bo'linib ko'payish xos? Prokariotlar uchun-chi?

  • Prokariotlarda oddiy binar ko'payish qanday kechadi?

  • Mitoz nima? Mitoz fazalarini tavsiflang.

  • Qanday qilib mitoz bo'linish natijasida qiz hujayralar aynan bir xil irsiy axborotga ega bo'ladi? Mitoz qanday biologik ahamiyatga ega?

  • Mitoz (a) va meyoz (b) bo'linish natijasida qanday xromosoma to'plamiga ega hujayralar hosil bo'ladi?


Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page