Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 1.99 Mb.
Page25/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
E=(S1+EnK1)-(S2+EnK2)
bu erda: S1 va S2 – qiyoslanayotgan variantlarda mahsulot tannarxi;
K1 va K 2– qiyoslanayotgan variatlarda kapital qo‘yilmalar.
Agar En o‘rnatilgan normativga teng yoki kam bo‘lsa, qushimcha kapital qo‘yilmalar tejamli hisoblanadi. Bir necha variantlar echimlarini solishtirishda variantlar bo‘yicha keltirilgan harajatlar(Xkel)ni hisoblashdan foydalaniladi:
Xkel=S + EnK → min
bu erda :
S - har bir variant bo‘yicha joriy harajatlar;
En - kapital qo‘yilmalarning normativ koeffitsienti;

K - shu variant bo‘yicha kapital qo‘yilmalar.


Kapital qo‘yilmalarning solishtirilayotgan variantlari, aniqlanayotgan samaradorlik belgisidan tashqari barcha belgilar (mahsulot hajmi, tarkibi, sifati, tayyorlash muddati) bo‘yicha, shuningdek ijtimoiy ta’sir, jumladan atrof-muxitni himoya qilish bo‘yicha solishtirma jihatga (solishtirish imkoniyatlariga) ega bo‘lishi kerak.
Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari
Ommaviy ishlab chiqarishni tezlashtirish hamda uni samaradorligini oshirish kapital qo‘yilmalarning oqilona va tejamli taqsimlashni, qurilish davomiyligini qisqartirish, amalga kiritiladigan asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini tezda o‘zlashtirishni talab qiladi. Kapital qurilish miqyoslarini o‘sishi bilan, bunga ajratiladigan moddiy resurs va pul mablag‘larini tejamli foydalanish vazifasining ahamiyatini oshiradi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini oshirishning aniq yo‘llari ko‘p qirrali bo‘lib, ko‘p jihatdan uni amalga oshirish maqsadlari, hajmi, joyi va vaqtiga bog‘liqdir. Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshishi hamda mahsulot tannarxini kamayishi bilan ifodlanadi. YAngi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish milliy hamda jaxon tajribalari asosida tashkil etilishi, hamda nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, balki ishchilar mehnatini engilashtirish, unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilishi lozim.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishdagi birinchi darajali omil - vaqt bo‘lib, ob’ektlar qanchalik tez ishga tushsa shunchalik tez va ko‘p mahsulot ishlab chiqariladi va (xalq ) aholi ixtiyoji qondiriladi yoki aksincha, qurilish muddatining o‘zayishi kapital qo‘yilmalarning samaradorligini pasaytiradi. Misol uchun, qurilish muddatining 10% ga o‘zayishi qurilish montaj ishlarini tannarxini 1-2% ga oshiradi. Qurilish muddatini haddan tashqari o‘zaytirish, bitkazilmagan, chala qurilishlar hajmini kengaytiradi, asosiy fondlarni joriy etish rejalarini bajarilmasligiga olib keladi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligi qurilishning tashkil etilishiga, qurilish tashkilotlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Qurilish ishlari qanchalik oqilona samarali tashkil etilsa, shunchalik ko‘p yangi korxonalar, uylar, maktablar, kasalxonalar va boshqa ob’ektlarni qurish mumkin.
Kapital qo‘yilmalarning samarali yunaltirishni rejalashtirish quyidagilarga alohida e’tibor berishni talab qiladi:

  • asosiy (ya’ni muhim) ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish;

  • mamlakat xududida iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish, tabiiy resurslardan tularoq foydalanish, iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, korxonalarni ixtisoslashtirish va kooperatsiyani tashkillashtirish;

  • moddiy va mehnat resurslarini oqilona yunaltirish, chunki bu vositalarni amalga tezroq kiritishga imkon yaratadi.

Loyihalashtirishda qurilayotgan korxonalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, texnik darajasini aniqlash, samarali loyihaviy qarorlar, qurilishni amalga oshirishning oqilona va samarali yo‘llari belgilanadi.
SHuni aytish lozimki, zamonaviy loyihalash amaliyotida na’munaviy (ommaviy) loyihalar bilan bir qatorda, vaqtni va materiallarni tejashga yo‘naltirilgan individual loyihalarni yaratish ham rivojlanib bormoqda. Texnologik tizimni qayta qurilishga tez moslashadigan yangi bino va inshootlar qurilishni loyihalashtirish amalda ko‘paymokda. Sanoat korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida issiqlik, energiya va shovqinga qarshi xarakteristkalarga ega uskunalardan foydalanilyapti.
Zamonaviy loyihalarda binolarga mashina yoki uskunalar uchun quti sifatida qarashyapti. Moxiyatan ular kapital qo‘yilmalar hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshrishga imkon beruvchi optimal mehnat sharoitlarini hamda texnologik jarayonlarini yo‘lga quyishni anglatadi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini oshirishning muhim yo‘li - bu ularning texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirishdir. Vaholanki, bu qo‘shimcha vositalarni talab qilmaydi va asosan loyihalashtirish hamda rejalashtirish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, kapital qo‘yilmalar qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, uskunalarni, inventarlarni sotib olish va boshqa ishlarga-loyiha qidiruv, qurilish maydonini tayyorlash, qurilayotgan korxona uchun kadrlarni tayyorlash va x.k. larga sarflanadigan harajatlardan kelib chiqadi.
Fondlarning aktiv qismiga ajratilgan mablag‘ning ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning va kapital qo‘yilmalarning samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalarning umumiy xajmidan harakatdagi korxonalarni rekonstruksiya qilish, qayta texnik qurollantirish va kengaytirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning ulushini oshirish orqali, qisqa muddatlarda va kam xarajatlar bilan iqtisodiy samaraga erishish mumkin.



Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page