Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Exx = ∆D / K Exx kattaliginormativ umumiy (absolyut) samaradorlik En bilan qiyoslanishi lozim, agar Exx>En bo‘lsa kiritilayotgan kapital qo‘yilmalar samarali hisoblanadi;
b) sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo, kapital qurilishlarning kompleks dasturlari sohalari, alohida texnik-iqtisodiy muammolar bo‘yicha umumiy (absolyut) samaradorlik ko‘rsatkichi Exxt – sof mahsulot yillik o‘sishining(∆SM), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:
Exxt = ∆SM / K v) xo‘jalik hisobidagi tarmoqlar, birlashmalar, tashkilotlar bo‘yicha Exk – yillik foyda o‘sishining(∆F), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:
Exk = ∆F / K g) yangi quriladigan korxonalar, sexlar, boshqa alohida ob’ekt hamda tadbirlar bo‘yicha Eat – foydaning, qurilayotgan ob’ekt smeta qiymatiga yoki alohida tadbir bo‘yicha kapital harajatlar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:
Eat = F / K d) tannarxning yoki hisoblangan narxlarning kamaytirish ko‘rsatkichlari qo‘llaniladigan tashkilot va tarmoqlar, shuningdek zarar bilan ishlayotgan korxonalar bo‘yicha Ek quyidagicha aniqlanadi:
Ek = (S1-S2) / K Bu erda S1 va S2-kapital qo‘yilmalar kiritishdan oldingi va keyingi mahsulot tannarxi.
Kapital qo‘yilmalarining samaradorligini aniqlash kapital qo‘yilmarning yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Umumiy qilib aytganda, loyihalashtirish va rejalashtirishning moxiyati bu texnik, xo‘jalik hamda rejali qarorlarni eng yaxshi variantini tanlashdir. Bu erda gap xalq xo‘jaligi tarmoqlari, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish, korxonalarni joylashtirish xududlari, quvvatlarini tanlash, yangi qurilishlar hamda amaldagi korxonalarni qayta qurish, qurilish va kiritilayotgan quvvatlarni o‘zlashtirish muddatlarini aniqlash, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va boshqalarini rivojlantirish yunalishlari haqida ketayapti.
Loyihaning turli variantlarini solishtirish shuni ko‘rsatadiki, qator holatlarda eng past tannarxli variant katta hajmli kapitalni talab qiladi, ob’ektni yaratishga kam qo‘yilma qo‘yilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarining sarflanishi qurilish muddatlarini o‘zaytiradi.
Bundan joriy harajatlarga qo‘shimcha kapital qo‘yilmalarini tejamkorlik bilan jalb etish zaruriyati kelib chikadi.
Solishtirma samaradorlikni hisoblash, asosan qushimcha kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashni ko‘zda tutadi, bu quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: