Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 1.99 Mb.
Page26/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Qisqa xulosalar
Kapital qo‘yilmalar-bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati, korxonani texnik darajasini oshirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish, iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va ishlab chiqarishga zamonaviy mehnat qurollarini tadbiq etishda asosiy manba hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalarning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish turlari mavjud. Kapital qo‘yilmalarning ishlab chiqarish turlari yangi ish joylarini joriy qilish, talab ko‘p bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilishini ko‘paytirish va bozorga olib chiqishni ta’minlaydi.
Ikkinchi turi esa ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash, noishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq va shaharlarni obodonlashtirishda qo‘llaniladi.
Investitsiyalarning tarkibiy tuzilmasi ular kiritilgan soha yoki tarmoqqa qarab farq qiladi, hamda qo‘yilgan ob’ektga qarab «aktiv» yoki «passiv» xarakterga ega bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash turli usullar bilan aniqlanadi, lekin umuman olganda ular nisbatan foydaliroq (samarador) investitsiya variantlarini baholashga, aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning barcha darajalarida investorlarni o‘z mablag‘laridan ratsional va samarali foydalanishga imkoniyatlarini qidirishga yunaltiradi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralari
Investitsiyalar samaradorligi. Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi. Investitsiyaning texnologik tuzilmasi. Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi. Tarmoqlararo tuzilma. Xududiy tuzilma. Kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan asosiy tamoyillar. Umumiy iqtisodiy samaradorlik. Qiyosiy (solishtirma) iqtisodiy samaradorlik. Keltirilgan harajatlar. Kapital qo‘yilmalarning samarali yunaltirish.
Muhokama va nazorat uchun savollar
1. «Investitsiya» va «Kapital qo‘yilmalar» tushunchalarini farqlab bering.
2. Kapital qo‘yilmalarnng qanday moliyaviy manbalari mavjud va ularing farqi nimada?
3. Siz kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlashning qanday yo‘llarini bilasiz?
4. Investitsiyalarga nisbatan samarali variantni tanlash uchun qanday uslubdan foydalanish kerak?
5. Qurilish «lagi» nimani ifodalaydi?
6. Investitsiyalar tuzilmasini yaxshilashning natijalari nimada ko‘rinadi?
7. Investitsiyalar samaradorligini baholashning eng zamonaviy metodlaridan qaysilarini bilasiz?
8. Kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirishning qanday yo‘llarini bilasiz?

Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page