1-mustaqil uchun topshiriq. I. Savollarga javob berish



Download 19.97 Kb.
Date06.11.2023
Size19.97 Kb.
#62508
1-mustaqil ish.2023

Boshlang‘ich ta’limda fanidan masofaviy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1-mustaqil uchun topshiriq.
I.Savollarga javob berish.
1.Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Asosiy kategoriyalari.
3.Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
II.Kazius. Kaziusni o‘qing va to‘g‘ri yechim toping
Dilfuza tumandagi eng ilg‘or umumta’lim maktabiga ishga tushganiga atigi ikki yil bo‘ldi. U o‘z kasbini sevar, qiziqqon va uddaburon edi. Shuning uchunmi, o‘quvchilari maktabning eng oldi faol o‘qvchilariga aylanishini xohlardi va buning uchun tinim bilmay ishlardi.
Bir kuni maktabga savodxonlikni tekshirish uchun kelgan boshqa maktab o‘qituvchisi Dilfuza rahbarlik qilayotgan 3-sinf o‘quvchilaridan ularning ijodiy fikrlash qobiliyati, yozma nutqlarini tekshirish va sinf o‘quvchilariga umumiy tavsif berish maqsadida nazorat ishi o‘tkazdi. Nazorat ishida quyidagicha savollar bor edi:

  1. Qaysi darslarni yoqtirasiz? Nima uchun?

  2. A’lochi o‘quvchilar kimlar? Nima uchun ular yaxshi o‘qiydilar?

  3. Sinfdagi past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga munosabatingiz? Ular nima uchun yomon o‘qiydilar?

  4. Darslarda Sizni nimalar zeriktiradi?

  5. O‘qituvchingizning qaysi xatti-harakatlarini olqishlaysiz?

Sinfning eng a’lochi, faol o‘quvchisi Nargiza shunday yozdi: Men maktabni juda ham yaxshi ko‘raman. Chunki bu yerda men yaxshi o‘qiyman. Fanlarni o‘zlashtirish qiyin emas, bir marta o‘qisam yoki eshitsam osongina yodimda qoladi. Ona tili, o‘qish, tarbiya darslari juda yoqadi, matematikada ozroq qiynalaman. Agar o‘qituvchim ko‘proq tushuntirsa, o‘zlashtirishi oson bo‘larmidi… Sinfda Nozim, Farrux, Gullola, Omina va Nazokatlar a’lochi o‘quvchilar bo‘lib, ular darslarni tez o‘zlashtirib oladilar. Karim, No‘mon, Sodiq, Mubina va uning o‘rtoqlari past bahoga o‘qiydi. Ular o‘z vaqtida darslarni tayyorlamaydi. Ayniqsa, Karim bilan Mubina bitta mavzuni qayta-qayta o‘qisa ham tushunmaydi. Shunda o‘qituvchi jig‘ibiyron bo‘lib: “O‘tir! Kallang yo‘q. Ishlamaydi kallang”, - haqaorat qiladi. Lekin bu ham ularga ta’sir qilmaydi. Ular ham yaxshi o‘qishga harakat qilib, darslarni qoldirmaydi, lekin o‘zlashtirishda qiynaladi.
Darsda ko‘proq Javlon, Nodir, Mubina, Noilalar ko‘p gaplashadi va darsga halaqit beradi. Hatto ular telefondan foydalanadi. Ko‘p hollarda o‘qituvchi darsni tez-tez tushuntiradi va takrorlamaydi. Ba’zan tanaffusga chiqarmaydi. Sinfdagi to‘polonchi bolalarga e’tibor bermaydi, ular darsga har doim halaqit beradi. O‘qituvchi ularga baqiradi, buni hamma eshitadi. Nima uchun?

  • Shu birgina nazorat ishi orqali sinfga va o‘qituvchiga baho berish mumkinmi? Qaysi metod orqali tahlil qilinadi deb o‘ylaysiz?

  • O‘qituvchi anglab yetmagan sinf muammolarini hal qilishda qanday strategiyalarni amaliyotga joriy qilish mumkin?

Izoh:
-Topshiriqni bajarishda pedagogik, psixologik va metodik bilimlaringiz yordam berishi kerak.
-Kaziusga to‘g‘ri yechim topishda Sizdagi tanqidiy fikrlash, kreativligingiz yaqindan yordam beradi deb o‘ylayman.
-Javobingiz aniq, lo‘nda, tushunarli bo‘lsin hamda ish hajmi 1 betdan ko‘p bo‘lmasin.
1-mustaqil ish uchun belgilangan ball: 10.
Topshiriqni bajarish uchun manbalar:
1.Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar, 2010
2.Abduqodirov A.A «Педагогика» ва «Психология» фанларидан кейслар ва улардан фойдаланиш услубиёти

Bajarilgan ishni Hemisga yuklash muddati: 19.11.2023. soat 23-55.


Fan o‘qituvchisi: Xolmatova Z. (91-155-40-40)
Download 19.97 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page