O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUXANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
GAZ QAZIB OLISH VA YER OSTIDA SAQLASH
5311900 –“Neft gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
Qarshi – 2017 yil
UO’K: 622.691.24(075)
KBK: 33.362 ya 722 F25
Tuzuvchi:
QMII “Neft va gaz konlarini ishga
tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasi
o’qituvchisi M.X.Ashurov
Taqrizchilar: Qarshi Sanoat KXK “Neft va gaz ishi”
кafedra mudiri: D. Jo’rayeva
“NGKITva UF” kafedra mudiri: N.X.Ermatov
Tabiiy gazning tarkibi, fizik va termodinamik xossalari hamda gaz iste’moli notekisliklari va ularni me’yorlash to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.Yer osti gaz omborlarining geografik joylashuvi va sharoitlari, ularni barpo etish va ishlatishda texnologik loyihalash va ruxsat etilgan maksimal bosim haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shu bilan birga yer osti gaz omborinining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda atrof-muhit muhofazasi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
5311900 – “Neft gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Мa'ruzalar matni “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasi (Bayon №__” ___”___ 20__ yil) va «Neft va gaz» fakulteti uslubiy kengashi yig’ilishlarida (Bayon №__ ” ___” ___20__ yil ) ko'rib chiqilgan va o'quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Qarish muxandislik iktisodiyot instituti ilmiy-uslubiy kengashiga qaroriga muvofiq chop etildi.
© Qarshi muxandislik –iqtisodiyot instituti, 2017
Kirish
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilish istiqlolga erishganimizdan so‘ng o‘zbek tilidagi darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash eng birinchi vazifalardan biriga aylandi. Mustaqillikka qadar ilm-fanning boshqa sohalarida ham ish yuritish, hujjatlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlari o‘zbek tilida olib borilmas edi.
Hozirgi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayoni, ilmiy tadqiqot institutlarida xujjatlashtirish ishlari davlat tiliga o‘tganligi sababli o‘zbek tilida darslik, o‘quv qo‘llanma yaratish masalasi dolzarb bo‘lib qoldi. Bu masalaga O‘zbekiston Respublikasining yangi tarixidagi davlat tili Qonunida katta e’tibor berildi.
Yuqorida bayon etilgan fikirlarning tasdiqi sifatida “Gaz qazib olish va yer ostida saqlash” fani bo‘yicha ma’ruzalar to‘plami tayyorlandi.
Ushbu ma’ruzalar to‘plamida O‘zbekistonda gaz sanoatining rivojlanishi tarixi, gazlarning fizik va termodinamik xossalari, gaz va gaz aralashmalarining zichligi va molekulyar massasi, gazlarning qovushqoqligi va uni aniqlash usullari,gaz iste’moli notekisliklari, gaz iste’moli notekisliklarini meyorlash, yer osti gaz omborining geografik joylashuvi va sharoitlari, yer osti gaz omborlarini texnologik loyihalash, magistral gaz quvurining maksimal yig‘uvchanlik xususiyati va optimal uzunligini aniqlash O‘zbekiston xududidagi yer osti gaz omborlari haqida ma’lumot, yer osti gaz omborlarni tashkil etish va ishlatishdagi ruxsat etiladigan maksimal, yer osti gaz omboridagi bufer gaz yer osti gaz omborlarini ishlatish suvlangan kollektor ushlagichidagi yer osti gaz omborlari rejimi. Ma’ruzalar to‘plamida yer osti gaz omborlarini ishlatishda atrof-muxit muxofazasi bo’limlari kiritildi.
Share with your friends: |