O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI O‘zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich tayanch doktoranti Maxmudova Zuhra Maqsud qizining 2023-yil uchun bir yillik
HISOBOTI
Ixtisoslik:10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi: “Ingliz va o‘zbek tillaridagi “yig‘i” fe‘llarining semantikasi, tarjimasi va leksikografik talqini”
Ilmiy rahbar: f.f.d., I.X.Islomov
2023-yilning birinchi yarim yilligida ilmiy rahbarim filologiya fanlari doktori, I.X.Islomov bilan dissertatsiya mavzusi va rejalarini muhokama qildik. Shuningdek, shaxsiy reja tuzildi, metodologik dastur shakllantirildi. Shaxsiy rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqdaman. Ular asosida ilmiy-nazariy adabiyotlarni o‘rganyapman.
Joriy yilning aprel-iyun oylarida dissertatsiya mavzusiga aloqador asosiy nazariy manbalar bilan tanishib chiqdim.
Ushbu yilning iyul-sentabr oylarida men izlanish olib borayotgan mavzu yuzasidan olib borilgan Respublika hamda xorijiy manbalar bilan tanishib chiqdim va ular asosida adabiyotlar tahlilini yig‘dim.
Ilmiy rahbarim bilan birgalikda ilmiy ishimning birinchi bobini yozishni boshladik.
3
Dissertatsiya mavzusi natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish
Yanvar-dekabr
Dissertatsiya mavzusiga doir ma’ruza bilan kafedraning ilmiy metodologik seminarida ishtirok etdim. Shu munosabat bilan “Umumiy semali holat fe’llari tahlili” mavzusida materiallar jamlanib, maqola va tezislar chop etildi. Tadqiqot ishi mavzusi doirasidagi respublika hamda universitet miqyosidagi konferensiyalarda maqolalarim bilan qatnashdim.
Kafedraning ilmiy-nazariy seminarida dissertatsiya mavzuyimga oid tahliliy umumlashtiruvchi chiqish bilan ishtirok etdim.
4
Dissertatsiya mavzusi buyicha ilmiy maqolalar chop etish
Yanvar-dekabr
Mavzum yuzasidan maqola tayyorlash uchun turli nazariy adabiyotlar bilan tanishdim va quyidagi materiallarni nashr ettirdim:
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Amaliy filologiya kafedrasida 2023-yil 5-may kuni o‘tkazilgan “O‘zbek tili milliy va ta’limiy korpusining nazariy va amaliy masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “UMUMIY SEMALI HOLAT FE’LLARI TAHLILI”, shuningdek, aynan ushbu konferensiyada ingliz tilidagi “THE LEXICOGRAPHIC INTERPRETATION OF THE VERB (IN THE EXAMPLE OF YIG‘LAMOQ)
mavzusida maqolalarim nashr qilindi.
Shu bilan birgalikda Farg‘ona davlat universitetida 25-October, 2023 yil o‘tkazilgan IV International scientific and practical conference on the topic:
“Current problems of modern linguistics and an innovative approach in teaching foreign languages” xalqaro konferensiyasida “TILSHUNOSLIKDA SEMANTIK TIPOLOGIYA TUSHUNCHASI” nomli maqolam chop etildi.
“THE CATEGORY OF MOOD IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES”
mavzusidagi maqolam bilan, Germaniya xalqaro konferensiyasida http://aidlix.com/index.php/de/article/view/1797 va AQSH xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida “INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA FE’L SO’Z TURKUMINING TIPOLOGIYASI” nomli maqolam bilan qatnashdim https://www.intereuroconf.com/index.php/ispc/article/view/2269
OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnalda “LEXICAL-SEMANTIC STUDY OF THE VERBS “YIG‘I” IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES” mavzusida ma’ruza va maqola tayyorlandi va ushbu maqola “Til va adabiyot ta‘limi” jurnalida e’lon qilindi. (“Til va adabiyot.uz” 2023-y, 8-son.).”
OAK tomonidan tan olinadigan yuqori impact faktorga ega bo’lgan “American journal of philological sciences” xalqaro jurnalida THE CONCEPT OF SEMANTIC TYPOLOGY sarlavhali maqolam chop etildi.
5
Bajariladigan boshqa ishlar
Yanvar-dekabr
Yil davomida haftaning ma’lum kunlari kafedraga kelib, nazariy va amaliy bilimlarimni oshirdim. Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxonada dissertatsiyam yuzasidan adabiyotlar bilan tanishdim.
Aprel, may, iyun oylari davomida ilmiy rahbarim hamda kafedraning yetakchi mutaxasislari bilan online bog‘lanib, nazariy va amaliy bilimlarimni oshirdim.
Fakultet va universitetda o‘tkazilayotgan online tadbirlarda hamda universitet doktorantlari uchun zoom dasturi orqali tashkil qilingan ilmiy seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok etdim.