Atrof-olam-majmua



Download 1.38 Mb.
Page14/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
Nazorat uchun savollar
1. Tabiat, inson va jamiyat haqida tushuncha
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak atrofidagi xayot bilan tanishtirish orqali ekologik madaniyatini takomillashtirish
3. Tabiat materiallarini yig‘ish va ularni badiiy ijodda aks ettirish. 
4. Katta guruh bolalarining tabiatdagi mehnatlarini tashkil qilish. 
5. Tabiatga nisbatan insoniy munosabatlarni shakllantirishda bolalarning yasash, qurish faoliyatlari.
6. Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida ma`lumot bering.
7. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va o‘ziga xosligi 
8. Kichik guruhda tabiat bilan tanishtirishga oid o‘yinlarini tashkil etishning mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish 
9. Tabiat bilan tanishtirish shakllari: Mashg‘ulot, ekskursiya, sayr va ularning turlari, o‘tkazish metodikasi. 
10. Sayrlarni rejalashtirish.

4- Ma’ruza: Ta’limning ko‘rgazmali va texnik vositalaridan foydalanish.
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish, tabiat haqida ilk tassavvurlarni shakllantrirish.
2. Bolani maktabga tayyorlashda tabiiy rivojlanayotgan muhitning o‘rni.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi haqida tushuncha.
Tayanch so‘zlar: Ekologiya, o‘yin, muhit.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish, tabiat haqida ilk tassavvurlarni shakllantrirish.
Bolalarni atrof olam bilan tanishtirish xilma-xil bo‘lib bunda bolalarning xususiyatlari, tabiat haqidagi tushunchasi hisobga olinib, elementar tushunchalardan tortib, bolalarga mos eng murakkab tabiat haqidagi tushunchalarni va tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarni bilib olishga o‘rgatadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasining ana shunday o‘ziga xos shakllari bilan chegaralanmasdan, mavjud o‘zgartirish, yangi ish shakllarini ishlab chiqish, hayot tajribalarini umumlashtirib har bir tarbiyachi o‘zining yashaydigan muhiti, sharoitiga mos usullarni topib amalda qo‘llashlari kerak. Har bir tarbiyachi ijodiy izlanuvchan, kuzatuvchan, tabiatdan ilhom oladigan hayotda dadil qadam tashlaydigan bo‘lmog‘i kerak. Bugungi talaba - ertangi mutaxassis. Shunday ekan hozirgi talabalarga qo‘yilayotgan talab yanada kattadir. Chunki hayotimiz doimo rivojlanishda, fan-texnika, ta’lim -tarbiya sohasida yangi-yangi qirralar ochilmoqda.
Yosh avlodga bular haqida ta’lim berilar ekan, tabiatdagi o‘zgarishlar va uning rivojlanishi, tabiatni o‘zgartirishda kishilarning roli hayotiy misollar bilan tushuntirib berilishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirar ekanmiz, tabiatga doir bilimlarning sodda, hayotiy, tushunarli ekanligini ham alohida uqtirish kerak. Bog‘cha bolalari tabiat haqida ma’lumot olar ekan, eng avvalo o‘zlari yashaydigan, o‘zi tarbiyalanadigan bog‘cha uchastkasidagi, uning tevarak-atrofidagi o‘simlik va hayvonlar bilan, tabiat elementlari bilan, u yerning suvi, tuprog‘i, iqlimi bilan tanishadilar. Buning foydali tomoni shundaki, yosh bolalar o‘zi yashaydigan, o‘zi tarbiyalanadigan parvarish qiladigan o‘simlik va hayvonlarni har kuni ko‘radi, ularning nomini bir kunda bir necha marta kuzatadi.
Ular bolalar yodida tez qolib, uzoq saqlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ularning turli yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Ayniqsa jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonlar, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar, tabiatdagi insonlar mehnati haqidagi bilim va tushunchalar oddiylikdan murakkablikka prinstipga asosida tushuntirilmog‘i zarur.
Bog‘cha bolalarini tabiat bilan tanishtirish «Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi» asosida amalga oshiriladi. Dastur bolalarning yoshi, psixik hamda fiziologik xususiyatlariga mos sur’atda axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasi berishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifani hal etishda umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari haqidagi harorlariga suyanadi. «Dastur» olti yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasini o‘z ichiga olib, u har bir yosh gruppada ikki bo‘limdan iborat: «Bola hayotini yo‘lga qo‘yish va tarbiyalash» va «mashg‘ulotlarda ta’lim berish». Dasturning har bir bo‘limi yosh xususiyatlarini hisobga olib ta’lim va tarbiyaning ma‘lum qirralarini bog‘chada singdirishni rejalashtirgan. «Dastur»da ta’lim-tarbiyaning boshqa turlari qatori tabiat bilan tanishtirish metodikasi ham juda keng, atroflicha bayon etilgan.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish ilk yoshdagi bolalar gruppasidan boshlanadi. Bu gruppada tabiatdagi voqealardan, bolalarning tushunishi uchun oson bo‘lgan hodisalardan bolalarda o‘simliklar, hayvonlar bilan tanishishga qiziqish uyg‘otish, tirik jonivorlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish, eng oddiy estetik hislar uyg‘otish uchun foydalanishdan boshlanadi. Bu gruppada dastlab jonsiz tabiat bilan elementar hayvonlar va o‘simliklardan faqat 2—3 tasi bilan tanishiladi. Masalan, hayvonlardan baliqcha, qushcha, tovuq-mushuk, kuchuklarni ko‘rib hayotda va o‘simliklardan olma, pomidor, sabzi kabilar bilan polizda tanishiladi. Bu gruppada jonli tabiat bilan elementar tanishtiriladi. Bunda ba‘zi o‘simliklarning rasmiga harab, tashki tuzilishi bilan tanishtiriladi.

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page