6-seminar mashg‘uloti Mavzu: Uslubiy texnikalar: O‘quv jarayonida taqqoslash, kontrast,
analogiya va boshqalardan foydalanish. Reja: 1. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni atrof - olam bilan tanishtirish va tabiat haqida tasavvurlar paydo bo‘lishida taqqoslashning ahamiyati.
2. Amaliy metodlar.
3. Suhbat metodi.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tabiat haqida tasavvurlarini shakllantirish va atrof-olamni o‘rganishida zarur uslubiy texnikalarni o‘rganish.
Ta’lim metodlari: Venn diagrammasi, klaster, blits so‘rov.
Ta’lim vositalari:Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Talabalar O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va uning tuzilishini o‘rganishadi
Kichik ma’ruza: Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o‘zida qamrab olgan bir butun olam tabiat – g‘oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy kismlari bilan insoniyatni qurshab turgan organik va anorganik olamlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
Insoniyat esa undan paydo bo‘lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko‘proq keng va qisman tor ma‘nolarda ishlatiladi. Keng ma‘noda tabiat butun obyektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko‘rinishlardagi olam. Tor ma‘noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunoslik o‘rganadigan ob‘ektdir. Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajratib ko‘rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyatdan holi, mustasno tarzda, sof tabiiy holda mavjud.
Analogiya (yun. analogia – muvofiqlik, aynanlik, oʻxshashlik) – 1) (falsafada) predmet va hodisalarda biror xususiyatning oʻxshashligi. Mantiqda A. yordamida ikki predmetning qandaydir bir xususiyati oʻxshasa, boshqa xususiyatlari ham oʻxshashligi haqida xulosa chiqariladi. Chiqarilgan xulosaning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini bilish uchun uni amaliyotda tekshirib va sinab koʻrish lozim; bo‘lgan tabiatdir; - tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru-mevazorlar, aholi maskanlari - shahar, qishloq va boshqalar.