1.9-rasm. Gidrotexnik inshootlar tiklashda, beton qorishmasini uzatish uchun kranlar tanlashvaularni joylashtirish. a– xandak;b– inshootyerosti qismi yuqorigibelgisida;v–beton inshootiqurilgan qismida.
Umumiy holatda, kranlarning ishlab chiqarish unumdorliklarini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Пkp = 60q/tкр·KВ , m3/soat (1.12) bu yerda: q–ko‘tarilib uzatiladigan yukning hajmi, m3 t; tкр–kranning bir sikl ish davomiyligi, min;
KВ–ish vaqtidan foydalanishni hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Uzatiladigan yuk miqdori bilan kran yuk ko‘tarish qobiliyati o‘rtasida quyidagicha bog‘lanish mavjud:
q = qкр·Kкр·K , t/soat, ( 1.13 )
bu yerda: Kкр–kran yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanishni hisobga oluvchi koeffitsiyent; K - foydali yukdan tashqari qo‘shimcha yuk kutarilishini (beton uzatishda badyaning og‘irligi) hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Beton qorishmasini uzatish jarayonida badyaning og‘irligi betonning tahminan 15–30 % ini tashkil qilishini inobatga olsak,
K= 0,7...0,85 ga teng bo‘lishi mumkin. Kranning bir sikl ish jarayoni davomiyligi uning gabarit o‘lchamlari va yuk ko‘tarish qobiliyatiga bog‘liq. Yuk ko‘tarish qobiliyati 2 t gacha bo‘lganda kranlar bir sikl jarayoni 3–4 daqiqa, 5 t gacha bo‘lganda 4–6 daqiqa va 5 t dan ortiq bo‘lganda 10 daqiqadan ortiq bo‘ladi.
Zamonaviy yuk ko‘tarish texnikalari sifatida “Libxerr” firmasining LTM rusumli avtomobil kranlari qo‘llanilishi tavsiya qilinadi. Ularning yuk ko‘tarish qobiliyati 80 t gacha bo‘lib, hartumining uzunligi 226 m va yuk uzatish qobiliyati 165 m gacha yetadi. Bunday kranlarning so‘ngi avlodlari “LICCON” kompyuter tizimlari bilan jihozlangan.
Suv xo‘jaligining yirik obyektlari qurilishining, maxsus qismlarini betonlashtirish jarayonida temir yo‘l transportidan ham foydalanishni tashkil qilish mumkin. Ya’ni bunda maxsus temir yo‘llar qurilib bir tomondan beton tayyorlash xo‘jaligiga, ikkinchi tomondan esa betonlashtiriladigan zona bilan tutashtiriladi. Beton qorishmasi maxsus har xil sig‘imdagi vagonchalarda tashiladi. Shuni qayd qilish kerakki, bunday turdagi transport turi boshqa transport turlariga nisbatan texnik–iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi va shu sababli qo‘llanish doirasi keskin chegaralangan.
Shuningdek, ba’zi hollarda kranlar va boshqa turdagi mexanizmlar ishlashiga imkoniyat bo‘lmagan sharoitlarda konveyer transportlari, ya’ni lentali transportyorlar qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa, gidroelektrostansiyalar mashina zallarining ichki konstruksiyalarini kurishda statsionar yoki ko‘chma lentali transportyorlar qo‘llanilsa, texnik–iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi mumkin. Lentali tarnsportyorlar bir necha zvenolardan tashkil topishi mumkin va har bir zveno uzunligi 40, 80 m, xatto 240 m gacha yetishi mumkin. Bunday transport vositalari tizimiga magistral, tarqatuvchi transportyorlar, va tayanch estakadalar, bunkerlar, xobotlar va boshqa qurilmalar kirishi mumkin. Lentali transportyorlar uzluksiz ishlagani bois ularning ish unumdorliklari ancha yuqori bo‘ladi. Lentalar harakatlanish tezligi 1 m/s dan kam bo‘lishi tavsiya qilinadi, chunki undan yuqori bo‘lsa, beton qorishmasi strukturasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Umo‘man
olganda, konveyer transporti ham yuqori darajada mehnat sarfini talab qiladi va keyingi yillarda uning qo‘llanilish darajasi ancha pasayganligi kuzatilmoqda.