Bugun dunyo miqyosida fan-texnikaning jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bunday o‘zgarishlar har qanday jabhada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham evrilishlarga olib kelmoqda



Download 124.13 Kb.
Page3/8
Date22.05.2024
Size124.13 Kb.
#64309
1   2   3   4   5   6   7   8
KITOB (2)
Yutuqlar va muammolar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish jarayonini o‘rganish maqsadida yurtimizdagi 14 ta oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish amaliyoti tadqiq etildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilgan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda o‘ziga xos yondashuvlar mavjud. Qat’iy, majburiy, yagona, standart mezonlar belgilanmagan. Tadqiqot natijasida quyidagi o‘ziga xos ijobiy jihatlar, tajribalar, yangi va zamonaviy amaliyotlar kuzatildi:
1. Oliy ta’lim muassasalarida ishga qabul qilishda kafedra mudiri yetakchi rol o‘ynayotgan bo‘lsa-da, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashkil etilgani va uning samarali ishlashi kuzatildi.
2. Oliy ta’lim muassasalarida ishga qabul qilishning shaffofligini ta’minlash va halol raqobat muhitini yaratish uchun tashkilot veb-saytida alohida sahifa mavjud.
3. Ishga qabul qilishda bir nechta bosqichdan iborat suhbatlar joriy etilganligi, bunda nomzodning mutaxassisligi bo‘yicha bilimi, shaxsiy ma’naviy-axloqiy fazilati hamda pedagogik kompetentlik va mahoratini aniqlash testidan o‘tkazilishi ko‘zga tashlandi. So‘nggi bosqichda nomzod shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi. Ishga qabul qilishda alohida ishchi guruh tashkil etgan oliy ta’lim muassasalari ham mavjud. Ularda oliy ta’lim muassasalariga jalb etilayotgan professor-o‘qituvchilarning tashkilot salohiyatini oshirishdagi ehtimollik o‘rni hisobga olinadi.
4. Nomzodlar bilan suhbatdan avval test sinovini o‘tkazish amaliyoti mavjudligi ham kuzatildi. Test jarayonida nomzodlarning o‘z mutaxassisliklari bilan bog‘liq mantiqiy fikrlash, axborotni tizimga solish, uni tahlil qilish va umumlashtirish, amaliy masalalarni yechish qobiliyatlari baholanadi. O‘rganish jarayonida yuqoridagi ijobiy ko‘rsatkichlar bilan birga, quyidagi ayrim kamchiliklar, muammolar, foydalanilmagan imkoniyatlar ham mavjudligi aniqlandi:
1. Ayrim oliy ta’lim muassasalarining veb-saytida professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilishga oid ma’lumotlar mavjud emas.
2. Ba’zi oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishning maxsus tartibi, aniq mezonlari ishlab chiqilmagan.
3. Nomzodlarni saralash va tanlash faqatgina bir bosqichda, ya’ni sinov darsi orqaligina amalga oshirilishi kuzatildi.
4. Talabgorning tegishli kafedralardagi sinov darslari va mutaxassisligiga ko‘ra o‘tkaziluvchi suhbatlar aksariyat hollarda nomigagina, aniq mezonlarga tayanilmagan holda, rasmiyatchilik uchungina o‘tkazilishi kuzatildi.
5. Bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi va hokazo)ni faqat istisno hollarda oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va bo‘ysunishi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan ikkinchi muddatga tayinlash qoidasi amalda o‘z samarasini bermayotgani aniqlandi. Umuman olganda, respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida pedagog xodimlarni ishga olish mezonlarini takomillashtirishga ehtiyoj mavjud. Bu jarayonda har bir oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tegishli mezonlar asosida kadrlarni ishga olish mezonlarini boyitib borishi zarur. Oliy ta’lim muassasasining jamoatchilik kengashi va kafedra mudirlari kadrlarni tanlash mezonlariga alohida mas’uliyat bilan yondashishi talab qilinadi.

Download 124.13 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page