Kvalitet – qo‘yimlar to‘plami bo‘lib, barcha nominal o‘lchamlar uchun bir xil aniqlik darajasiga mos keladi. GOST 25346 – 82 (ST SEV 145 – 75) larda 19 kvalitet – 0,1; 0; 1; 2; 3; …; 17 kvalitetlar belgilangan. Nomerning ortib borishi bilan qo‘yim ham kattalashib boradi. Qo‘yim va o‘tqazishlarning yagona sistemasida qo‘yim har bir kvalitetda lotin alfavitining ikkita harfi bilan belgilanadi (1T) va unga kvalitet qo‘yib yoziladi. Masalan 1T5 – 5-kvalitet qo‘yimi, 1T10 – 10-kvalitet qo‘yimi va xakozo. O‘lchamning chekli chetga chiqishi ikki qiymat bilan chegaralanadi: yuqorigi chekli chetga chiqish va pastki chekli chetga chiqish.
Eng kata chekli o‘lcham bilan nominal o‘lcham orasidagi algebraik ayirma – yuqorigi chekli chetga chiqish, kichik chekli chetga chiqish bilan nominal o‘lcham orasidagi algebraik ayirma – pastki chekli chetga chiqish deb ataladi Eng kata chekli o‘lcham bilan eng kichik chekli o‘lchamning algebraik ayirmasi yoki yuqorigi va pastki chekli chetga chiqishlarning absolyut ayirmasi qo‘yim maydoni deb ataladi. Ishlab chiqariladigan detallarning haqiqiy o‘lchamlari nominal o‘lchamning yuqorigi yoki pastki chekli chetga chiqishiga teng bo‘lishi shart emas, balki haqiqiy o‘lcham yuqorigi va pastki chekli chetga chiqish kiymatlari orasida bo‘lishi mumkin. Masalan val diametrining chekli chetga chiqishi 800,1 mm bo‘lsa, uning haqiqiy o‘lchami 79,9 mm yoki 80,1 mm bo‘lishi mumkin va bu detal yaroqli hisoblanadi (173-rasm). Biriktiriladigan detallarning tashqi (qamraluvchi) va ichki (qamrovchi) sirtlari bo‘ladi. Detal birikmasida hosil bo‘ladigan oraliq (zazor) yoki taranglik qiymati bilan o‘lchanadigan birikish xarakteri o‘tqazish (posadka) deb ataladi. GOST 25346 – 82 ga muvofiq o‘tqazishlar uch gruhga bo‘linadi (174-rasm).
a) Taranglik bilan o‘tqazish biriktiriladigan detallarning bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasligini ta’minlaydi va bu o‘tqazish press (Pr) ostida, yengil preslab (Pl) yoki teshikli detalni qizdirish (Gr) bilan bajariladi.