B.B. Qulnazarov
CHIZMACHILIK
ASOSLARI
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tasdiqlagan)
Samarqand
2004 yil
B.B. Qulnazarov. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2004. -194 bet.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari uchun, chizmachilik fanidan tuzilgan namunaviy dastur asosida yozilgan. Undan talabalarning bilimini reyting asosida baholash, grafik ishlarni mustaqil bajarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Qo‘llanma to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda Davlat standartlari, geometrik yasashlar, chizma geometriya elementlari, proyeksion chizmachilik, ikkinchi qismda mashinasozlik chizmachiligi va uchunchi qismda qurilish chizmachiligi bayon etilgan. Mavzu va boblar oxirida savollar keltirilgan.
Qo‘llanmadan texnik oliy o‘quv yurtlari bakalavrlari, hamda maktab o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: Uzoqov H.U. - Samarqand davlat arxitektura qurilish- instituti «Chizma geometriya va muhandislik grafika»si kafedrasining professori,
Sattarov B.A. - O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darslik va o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 05.01.98 y. 4–son qaroriga muvofiq Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan tuzilgan va tasdiqlangan shartnoma asosida o‘quv qo‘llanma sifatida yaratildi.
So‘z boshi
Hozirgi jamiyat taraqqiyotida kompyuter texnalogiyasi va xalqaro “Internet” axborot tizimining xayotimizga jadal kirib kelishi, talabalarning kompyuter grafikasi fanini o‘rganish bilan birga uning asosi bo‘lgan muhandislik grafikasini ham mukammal o‘zlashtirishni taqqoza etmoqda. Shuning uchun bu fanga tegishli o‘quv adabiyotlarining yangi avdlodini yaratish, fanlararo uzviy bog‘langan o‘quv dasturlar, qo‘llanmalar va darsliklar ishlab chiqib, o‘quv jarayonini tubdan islox qilish dolzarb masala bo‘lib turibdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar kollejlari uchun tasdiqlagan chizmachilik fanidan tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, qo‘llanmada quyidagilar asosiy maqsad qilib qo‘yilgan, birinchidan kasb-hunar kollejlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanib, o‘quv jarayonini qiziqarli tashkil qilish, amalyotdagi darsliklar bilan bir qatorda, talabalarning bilim darajasini reyting asosida baholash va berilgan mavzularni o‘zlashtirishda foydalanish; ikkinchidan talabalar grafika bo‘yicha olgan bilimlarini kompyuter grafikasi dan foydalanib chizmalar chizishdan iborat.
O‘quv qo‘lanma to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda Davlat standartlari, geometrik yasashlar, chizma geometriya elementlari, proyeksion chizmachilik, ikkinchi qismda mashinasozlik chizmachiligi, uchinchi qismda esa qurilish chizmachiligi bayon qilingan.
Qo‘llanmani tuzishda qimmatli maslahatlari uchun Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi professor o‘qituvchilariga mualliflar o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Qo‘llanma xato kamchiliklardan xoli deb bo‘lmaydi, fikr mulohazalaringizni kutamiz.
Muallif.
Share with your friends: |