Drenajlash orkali suvsizlantirish



Download 1.31 Mb.
Page8/9
Date31.05.2024
Size1.31 Mb.
#64358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish
Boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish, Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish.

Quritish

Kuritish deb mahsulotni kizdirib, tarkibidagi suvni bug‘latish orqali yo‘kotish jarayoniga aytiladi.


Boyitmalar uning tarkibidagi namlikni boshqa usullar bilan meyorga etkazish mumkin bo‘lmagan taqdirdagina quritiladi. Kuritishga boyitmalar quyultirib va filtrlab, suvsizlantirilgandan keyin tushadi. Ba’zan mahsulot ularni boyitishdan oldin quritiladi, masalan, pnevmatik, elektrostatik boyitishlardan oldin.
Xozirda boyitish fabrikalarida barabanli quritgichlar va quvur-quritgichlar ishlatiladi. Qaynar qatlamli quritish apparatlarini yaratish borasida tajriba – konstruktorlik ishlari olib borilmoqda.
Barabanli quritgich (89-rasm) barabandan iborat bo‘lib, roliklarga tayanadi. Baraban o‘z o‘ki atrofida aylanadi; uzatma elektrodvigateldan reduktor va tishli uzatma orqali amalga oshiriladi. Baraban o‘qi quruq mahsulotni bo‘shatish tomonga qarab 10 dan 50 gacha burchak ostida o‘rnatilgan. Barabanning mumkin bo‘lgan bo‘ylama siljishi og‘ir roliklar orqali amalga oshiriladi. Dastlabki mahsulot tarnovcha orqali barabanga yuklash tomondan beriladi. Barabanning qaramaqarshi tomonidan quritilgan mahsulot tushirib olinadi. SHu erda barabanni to‘ldirishni amalga oshirish uchun tirgakli moslama bor. Barabanning ichiga mahsulotning yaxshi aralashishi va to‘ldirish uchun nasadkalar o‘rnatiladi. Barabanning yuklovchi qismi o‘txonaga tutashadi, suruvchi kuvur chikkan qismi bo‘shatish kamerasiga kiradi. O‘txonada yonilg‘i yonadi. Xosil bo‘lgan issiq gazlar quritgichning suruvchi trubkasiga o‘rnatilgan ventilyator bilan barabanga so‘riladi va uning o‘qi bo‘ylab xarakatlanadi. Mahsulot baraban aylanganda nasadkalar yordamida ko‘tariladi, nasadka va issik gazlar oqimida ular bilan bir yo‘nalishda xarakatlanadi. Bunda mahsulot qiziydi va undagi namlik bug‘lanadi.

89-rasm. Barabanli kuritgich: a) umumiy ko‘rinishi; b) nasadkalar sxemasi;
1-kurituvchi baraban; 2-bandaj; 3-jag‘li shesternya; 4-tayanch; 5-qattiq roliklar; 6-kichik shesternya; 7-fundament, uzatma ramasi uchun; 8-ichki nasadka; 9-yuklovchi tarnovcha; 10-elektrodvigatel; 11-reduktor; 12-biriktiruvchi mufta; 13-barabanni zichlash; 14-bo‘shatish kamerasi.
Xosil bo‘lgan suv bug‘i quritgichdan ishlatilib bo‘lgan gazlar bilan chiqarib tashlanadi. Quritgichdan chiqib ketayotgan gazlar ko‘p miqdorda mayda mahsulotni olib chiqib ketadi, shuning uchun ular atmosferaga chiqarish dan oldin, albatta, tozalanishi kerak.
Barabanli quritgichlar istalgan yiriklikdagi va namlikdagi mahsulotlarni quritish uchun ishlatiladi. Quritgichlar diametri 0,5 dan 3,5 m gacha, uzunligi 2,5 dan 27 m gacha o‘lchamda ishlab chiqariladi. Issiklik sarfi 850 dan 1000 kkal gacha 1 kg bug‘latilgan suv uchun.
Quvur-quritgichlar ko‘mir boyitish fabrikalarida yirikligi 13-15mm dan ortiq bo‘lmagan boyitmalarni quritish uchun keng ishlatiladi. Ularni boshqa foydali qazilmalarni boyitishda olingan boyitmalarni quritishda xam ishlatish mumkin.
90-rasmda quvur-quritgichning sxemasi keltirilgan. O‘txona vertikal quvur bilan bevosita ulangan. O‘txonada yonilg‘i yonishdan xosil bo‘lgan issiq gazlar quvurga tushadi. Ventilyator quvurda yuqoriga ko‘tariluvchan gazlar okimini xosil qiladi, uning tezligi kuritilayotgan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘laklarni xam ko‘tarishga etarli. Dastlabki mahsulot ta’minlagich orqali quvurning pastki qismiga beriladi, yuqoriga ko‘tariluvchi issiq gazlar oqimi bilan yuqoriga ko‘tariladi.
Issiq gazlar yuqoriga ko‘tariluvchi mahsulot bilan bevosita ta’sirlashganda uning qizishi va tarkibidagi namlikni bug‘lanishi sodir bo‘ladi. Gaz okimi siklonga yo‘naltiriladi. Unda quritilgan mahsulotning asosiy massasi ajraladi, ishlatilib bo‘lingan gazlar bug‘langan suv bug‘lari bilan tozalanadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi yoki qisman quritish jarayoniga qaytariladi.

90-rasm. Quvur-quritgich qurilmasining sxemasi:
1-yonilg‘i bunkeri; 2-o‘txona; 3-havoni o‘txonaga berish uchun kanallar;
4-quvur-quritgich; 5ho‘l mahsulot uchun bunker; 6-ho‘l mahsulot berish uchun konveyer; 7,8-tarelkali ta’minlagichlar; 9-siklon; 10-batareyali siklon; 11-xo‘l chang ushlagich; 12-ventilyator; 13-ishlatilgan gazlarni chiqaruvchi quvur; 14-klapan.
Mahsulotdagi gaz oqimi ko‘tarib olib chiqarib keta olmaydigan bir-biriga yopishib qolgan yirik bo‘laklar pastga tushadi va quvurning tubiga o‘rnatilgan shnek yordamida quritgichdan chiqarib tashlanadi.
Quvur-quritgichlar diametri 650 dan 1200 mm gacha, uzunligi 14 dan 35 m gacha qilib tayyorlanadi.

Download 1.31 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page