Ma`ruza rejasi: 1 Katalitik kreking jarayonining texnologik sxemasi



Download 236 Kb.
Date28.08.2022
Size236 Kb.
#59412
10-маъруза Каталитик крекинг жараёнини автоматлаштириш
4-маъруза Texnologik jarayonlarda suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sarfni nazorat qilish, rostlash va boshqarish
  • Ma`ruza rejasi:
  • 1 Katalitik kreking jarayonining texnologik sxemasi
  • tavsifi;
  • 2. Katalitik kreking jarayoning asosiy texnologik parametrlari;
  • 3. Katalitik kreking jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
  • Distillyat va qoldiq xomashyoning har xil turlarining katalitik krekingi yuqori oktanli benzinlar va yuqori kontsentratsiyali propan-propilen hamda butan-butelen fraktsiyali gaz olish uchun mo`ljallangan jarayon 420-550°S temperaturada va 0,1-0,2 MPa bosimda alyumosilikatli, tseoliti bo`lgan va boshqa katalizatorlarda kechadi. Katalitik krekingni o`rnatishning asosiy bo`g’ini reaktor - regeneratorli blok hisoblanadi. Katalitik kreking qurilmasi reaktorli - regeneratorli blokini avtomatik sistemasining funksional (ishlash) sxemasi 31.1-rasma tasvirlangan. Sistema blokining uchta eng muhim agregatlari - isitish pechi 1, reaktor 2 va regenerator 3 ning ishini ifodalovchi o`zgaruvchi parametrlarning avtomatik barqarorlashuvini ko`zda tutadi
  • Rostlash sistemasi quyidagi o`zgaruvchi jarayonning barqarorlashishini ta`minlovchi bir qator o`zaro bog’liq konturlardan iborat: isitish pechida xom ashyoni isitish temperaturasi, reaktorda qaynayotgan qatlam sathi, reaktordan chiqayotgan kokslangan katalizator sarfi, regeneratordan chiquvchi regeneratsiyalangan katalizator sarfi, reaktorda va regeneratorda qaynayotgan qatlamning temperaturasi, regeneratordan chiqayotgan katalizatorning kokslanganligi. Avtomatik rostlash nuqtai nazaridan qarab chiqiladigan reaktor va regenerator musbat teskari aloqasi bo`lgan ko`p bog’lanishli ob`ektni ifodalaydi. Buning sababi shundaki, reaktordan chiqishda regenatorda havo ortiqcha bo`lganda katalizatordagi koks miqdorining ortishi regeneratorda qaynayotgan qatlam temperaturasini orttiradi va binobarin, reaktorda qaynayotgan qatlam temperaturasini o`stiradi. Bunda xom ashyoning parchalanish darajasi ortadi va katalizatorning keyingi kokslanishi ro`y beradi
  • reaktor-regenerator sistemasi o`zgaruvchanlik an`anasiga ega. Rostlash ob`yektining aytib o`tilgan xususiyati faqat uning issiqlik rejimigagina xos bo`lmay, balki gidrodinamik rejimiga ham xosdir.
  • Quyida reaktor-regenerator blokini avtomatik rostlash sistemasining tavsifi keltirilgan. Xom ashyoni isitish temperaturasini avtomatik rostlash kaskad sxema bo`yiicha amalga oshriladi, shu bilan birga pechning ag’darish zonasi temperaturasi oraliq koordinata bo`lib xizmat qiladi. Boshqaruvchi ta`sir sifatida pechda yonilg’i gazining sarfidan foydalaniladi. Rostlashning bu konturi rostlovchi klapan 13 ga ta`sir qiluvchi temperatura rostlagichi 6 yordamida amalga oshirilgan.
  • Pechning chiqishida xomashyoni isitish temperaturasi rostlagich 5 bilan barqarorlashadi, rostlagichning chiqish signali rostlagich 6 ga topshiriq beradi. Xomashyoni isitish temperaturasini barqarorlashtirish uchun kaskadli ARS ning qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir, chunki asosiy g’alayonlanishlar (masalan, yonilg’i gaz liniyasida bosimning o`zgarishi) sistemaga rostlovchi organ tomonidan ta`sir qiladi. Boshqa bir jihati shundaki, «yonilg’i gazining sarfi - pechning ag’darish zonasi temperaturasi» kanalining inertsionligi - «yonilg’i gaz sarfi - xomashyoni isitish temperaturasi» kanalining inertsionligidan ancha kichik.
  • Reaktor rejimini avtomatik rostlashning bog’langan sistemasi reaktordagi temperatura va qaynayotgan qatlamning sathini, shuningdek katalizatorning reaktordan regeneratorga sarflanishini barqarorlashtirishni ko`zda tutadi
  • Reaktor 2 dagi temperaturani rostlash pechdan o`tmasdan baypas orqali sovuq xomashyo sarfini o`zgartiruvchi rostlovchi 12 klapanga ta`sir qiluvchi temperatura rostlagichi 4 yordamida amalga oshirildi. Sath rostlagichi klapan 16 yordamida regenerator 3 dan chiqadigan tutun gazlari sarfini o`zgartiruvchi sath balandligi rostlagichi 10 orqali rostlanadi. Reaktordan regeneratorga katalizator sarfi rostlagich 8 yordamida rostlovchi klapan 14 ga ta`sir qilish yo`li bilan rostlanadi.
  • Qaynayotgan qatlam temperaturasini rostlash jarayonida baypas va binobarin, pech orqali xomashyo sarfi o`zgaradi. Shuning uchun xomashyo temperaturasini ARSida g’alayonlanishlar vujudga keladi. Pechning temperatura rejimini barqarorlashtirish va xomashyoni isitish temperaturasini ARSining sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash uchun sistemada temperatura rostlagichi 6 uchun temperatura rostlagichi 4 dan topshirishni o`zgartirish ko`zda tutilgan bo`lib, bunda u sovuq xomashyo baypasida rostlovchi klapanning holati o`zgarganda pechga kelayotgan yonilg’i gazining sarfini o`zgartiradi.
  • Regenerator texnologik rejimining ARS quyidagilarni ta`minlaydi: regeneratorniig sovituvchi zmeeviklariga kondensat berishni rostlovchi klapan 17 ga ta`sir qiluvchi temperatura rostlagichi 7 yordamida regeneratorda temperaturani barqarorlashtirish; regeneratorga havo beruvchi rostlovchi klapan 18 ga ta`sir qiluvchi rostlagich 11 yordamida regeneratordan chiqayotgan katalizatorning kokslanganligini barqarorlashtirish; tashiluvchi agentni uzatishni rostlovchi klapan 15 ga ta`sir qiluvchi rostlagich 9 yordamida regeneratordan reaktorga katalizator sarfini barqarorlashtirish
  •  
  • Sinov savollari:
  • Katalitik kreking jarayonini tavsifini bilasizmi?
  • Katalitik kreking jarayonining ish unimdorligining ko`rsatgichi qanday parametrlar hisoblanadi?
  • Katalitik kreking jarayonini optimal ish rejimiga erishish uchun qanday parametrlarni rostlash va nazorat qilish tavsiya etiladi?

Download 236 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page