bu majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida bo’ladi.
Soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot (ichki milliy mahsulot) qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat budjetiga mablag’ to’plash jarayonini amalga oshiradi.
SOLIQLAR
bu muhim iqtisodiy jarayon bo‘lib, uning paydo bo‘lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatini moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.
“Soliq” kategoriyasi
Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘qitishning zarurligi
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi.
FANNING PREDMETI
Soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini) o‘rganishdir.
Soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir.
Demak, fanning asosiy vazifasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta‘minlashdir.
Alohida usul: 1) taqqoslash, 2) statistik, 3) grafik, 4)jadval, 5) analiz va sintez.
1
2
Usullar
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa - bu induktsiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu - deduktsiyadir.
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa - bu induktsiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu - deduktsiyadir.
Dialektik usul shuni ko‘rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi.
Analiz bu o‘rganilayotgan butun ob’ektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, bo‘lsa, sintez esa, o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir
Analiz bu o‘rganilayotgan butun ob’ektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, bo‘lsa, sintez esa, o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir
Soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini grafik usulida tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga ta’sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.