I bob. Adabiyotlar sharhi



Download 0.73 Mb.
Page2/25
Date07.05.2024
Size0.73 Mb.
#64193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi
Mavzuning dolzarbligi. Respublika kimyo sanoatining dunyo bo’yicha mavqiyi yuqori bo’lishiga qaramasdan zamonaviy mebellar hamda avtomobillar ishlab chiqarishda turli xil xossalarga ega bo’lgan lak va emallarga bo’lgan talablar kun sayin oshib bormoqda. Hozirgi kun talabiga javob beradigan yuqori sifatli laklar, bo’yoqlar va emallar sintezlash, eng yaxshi erituvchilarni tanlash hamda fizik-kimyoviy xossalarni o’rganish, o’sib borayotgan aholini polimer mahsulotlariga bo’lgan talablarini qondirish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malaka ishining maqsadi va vazifalari. Hozirgi kunda xalq xo’jaligining turli sohalarini polimer va polimer mahsulotlarisiz tasavvur qilish qiyin. Sanoatning eng yirik tarmoqlarida rezina, plastmassa, kimyoviy tolalar, polimer pardalar, izaliasion materiallar, trubalar, turli xil kattalikdagi shlanklar va boshqa ko’plab tur polimer buyumlar dunyo miqyosida keng ko’lamda ishlab chiqarilsa-da, xalq xo’jaligining mebel hamda avtomobil ishlab chiqarish sanoatlari uchun turli xil xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan lak, emal hamda buyoqlarga bo’lgan talablar kun sayin oshib bormoqda. Yuqori sifatli, hozirgi kun talablariga javob beradigan lak, emal hamda buyoqlar sintezlash, fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish, qolaversa, xalq xo’jaligining turli sohalarini bu mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malaka ishining maqsadi. Bitiruv malaka ishining asosiy maqsadi melamin furfurol smolasini sintezlash hamda eng yaxshi erituvchilar asosida lak va emallar olishdan iboratdir.
Bitiruv malaka ishining vazifasi esa, sintez qilingan melamin furfurol smolasining fizik-kimyoviy xossalarini zamonaviy usullar yordamida o’rganishdan iboratdir.
Bitiruv malaka ishining ilmiyligi. Ilmiy izlanishlar va adabiyot ma’lumotlari shuni ko’rsatdiki, mochevina formaldegid va ularning modifikasiyalari to’g’risida ilmiy izlanishlar hamda texnologik ketma-ketliklar kam o’rganilganligidan dalolat beradi. Shuning uchun yuqori unumlar bilan smolalar sintezlash, sintez jarayonining muqobil sharoitlarini ilmiy jihatdan o’rganish, eng yaxshi erituvchilarni tanlash va ular asosida sifatli hamda hozirgi kun talabiga javob beradigan lak hamda emallarni olish, ulardan plyonkalar hamda kompozision materiallar tayyorlash va xossalarini zamonaviy usullar yordamida o’rganish ilmiy jihatdan katta ahamiyatga egadir.


Download 0.73 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page