O ‘lchovchi qurilmalar deb, kuzatuvchi tomonidan to ‘g‘ridan
to ‘g‘ri olib bevosita qulay ko‘rinishda ko‘rishi, qabul qilishi uchun
o‘lchanayotgan ma’lumotlarni, signalni qayta ishlab qulay xizmat
qiladigan o‘lchov vositalariga aytiladi. O‘lchov asboblari har xil
funksiyali bo‘lishi mumkin. Ular kuzatuvchi, yozib boruvchi,
o‘zi yozuvchi, integrallovchi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ularda
sozlovchi, o‘zgartiruvchi va signallashtiruvchi qurilmalar o‘rna-
tilgan bo‘lishi mumkin.
Shu tufayli, asboblarni va o‘zgartirgichli qurilmalarning shartli
belgilanishlari, uning nazorat qilinadigan va rostlanadigan
kattaliklari yozilgan hamda funksional belgilari bo‘yicha asosiy asbob
yoki qurilmaning shartli belgilanishidan tashkil topgan bo‘ladi.
Sozlovchi organlar. Sozlovchi organlar konstruksiyasi bo‘yicha
texnologik quvurli o‘tkazgichlarga bevosita o‘rnatilgan qurilmalardir:
turli klapanlar, zaslonkalar, shiberlar va h.k.
Sozlovchi organlarni boshqarish privodlarning vazifalarini
bajaruvchi va ijro etuvchi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi mexanizmlar.Ijro etuvchi mexanizmlar sozlovchi
(rostlovchi) qurilmalardan farqli ko‘p elementli murakkab quril-
malardir.
Ular bir-biridan ishlash prinsiplari, texnik va ekspluatatsiya
qilish tavsifnomalari hamda konstruktiv xususiyatlari bilan farq
qiladi. Foydalaniladigan energiyani qo‘llash bo‘yicha ijro etuvchi
mexanizmlar gidravlik, pnevmatik, elektrli va kombinatsiyalangan
turlarga bo‘linadi.
Joyiga o‘rnatiladigan hamma o‘lchovchi o‘zgartirgich lar (datchiklar) hamda asboblar uchun (texnologik quvurli o‘tkaz-
gichda, apparatura ichida, kolonnada, metallokonstruksiyada)
harfiy yozuvning hajmini sig‘imiga qarab, dumaloq yoki oval
ko‘rinishdagi yagona grafik belgilar qo‘llash qabul qilingan.
Gorizontal chiziq bilan ikkiga bo‘lingan belgilar shchitda yoki
pultda o ‘rnatilgan asbobga mos keladi. Har doim tanlangan
qurilmalar uchun alohida belgilar bo‘lmaganligi tufayli maxsus,
doim ulanmaydigan tanlangan qurilmalarga shartli grafik belgilar
nazarda tutilgan. U lar asboblarni sozlash paytida epizodik
ulanishiga, nazariy tavsifnoma olishga va boshqa tekshiruv ishlari
uchun xizmat qiladi.
Bunday tanlangan qurilmalar yarim aylana shaklda ularga
keltirilgan aloqa chizig‘i bilan belgilanadi. Bu esa avtomatik vositalar
va asboblarning shartli belgilangan asosiy tuzilmalarining prinsipini
o‘zgartirmaydi, sozlash vaqtida va boshqa nazorat amallarida
chizmadagi kerakli tanlanmalarni tezlik bilan topish sharoitini
ta ’minlab beradi.
Ijro etuvchi m exanizm larning ham m a asboblar belgila-
nishlaridan farqi — kvadratli yoki yumaloq qirqilgan aloqa bilan
tasvirlanadi. Katta bo‘lmagan o‘lchamli harflar bilan yozish talab
qilinmaganligi tushuniladi.
Rostlovchi organga energiyani yoki boshqarish signalini berish
to ‘xtatilganda ijro etuvchi mexanizmga kiruvchi aloqa signalining
bir bo‘lagida, strelka yoki ko‘ndalang chiziq keltiriladi.
Ijro etuvchi mexanizmni qo‘shimcha dastlabki kirituvchisi
kvadratning yon tomonida