Mavzu: ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari mundarija: kirish i-bob. MASOFAVIY ta’lim texnologiyalari asoslari


Masofali o‘qitish tizimi uchun o‘quv materiallarini



Download 230.5 Kb.
Page4/10
Date10.05.2022
Size230.5 Kb.
#58772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan
dissirtation, kimjovij kinetika va muvozanat
Masofali o‘qitish tizimi uchun o‘quv materiallarini

yaratish texnologiyasi

Masofali ta’lim tinglovchisi fan dasturlari, chop etilgan yoki elektron ko‘rinishdagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar (darslik, mashqlar to‘plami, laboratoriya ishlarini bajarish uchun qo‘llanma va b.) ni, shuningdek, har bir ko‘rinishdagi mashg‘ulotlar bo‘yicha mustaqil ishlarni tashkil qilish uchun uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga olgan o‘quv-uslubiy majmualarga ega bo‘lishi kerak.

Masofaviy ta’lim o‘quv kursining eng to‘la varianti quyidagilardan iborat bo‘ladi:

- fanni o‘rganish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar;

- nazariy materiallar;

- nazariy bilimlarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni ishlab chiqish uchun topshiriqlarni bajarish misollari va eng ko‘p uchraydigan xatoliklarni tahlili ko‘rsatilgan mashqlar to‘plami;

- virtual laboratoriya ishlari;

- ma’lumotnomalar va glossariylar.

Masofali ta’lim dasturlarini taqdim etayotgan o‘quv yurtlarini uch toifaga ajratish mumkin:


  1. “Natural” masofali universitetlar. Masalan, AQSh da bakalavr va magistr darajasini olish uchun o‘quv dasturlarini taqdim etadigan bunday ta’lim muassasalari unchalik ko‘p emas. Nufuzli o‘quv yurtlari zarur akkreditatsiyaga ega bo‘lishlari lozim. Shu bilan birga, akkreditatsiya qilinmagan dasturlar ham mavjud. Shuning uchun tinglovchilarni qiziqtirgan aniq dastur qanday akkreditatsiyaga egaligini bilish lozimdir.

  2. Korporativ trening va/yoki malaka oshirish kurslari provayderlari. Bu tashkilotlar dasturlari sertifikat olishga va qandaydir kasbiy malakalarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan boshqa ta’lim dasturlari treninglarini o‘tkazadilar. Ushbu treninglar mijozlarning shaxsiy talablariga ko‘ra shakllantiriladigan akkreditatsiya qilinmagan dasturlardir. Shunday qilib, bunday turdagi o‘quv yurtlari sifat jihatidan katta farq qiladigan dasturlarni taqdim etadilar. Shuning uchun, bunday holda ko‘proq kursning tuzilishi, vositalari va kommunikatsiya usullarini aniqlash, shuningdek, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash qanday tashkil etilgan va nima bilan ta’minlanishini bilish muhimdir.

  3. Onlayn o‘qitishni taqdim etuvchi an’anaviy universitetlar. So‘nggi paytlarda ko‘pgina an’anaviy universitetlar va kollejlar o‘zlarining taqdim etayotgan o‘qitish dasturlari ro‘yhatini kengaytirgan holda, onlayn tartibida o‘zlarining dasturlarini ham taqdim eta boshladilar. Afsuski, juda kam miqdordagi universitet va kollejlar o‘zlarining dasturlarini onlayn variantlarini taqdim etmoqdalar.

Shuni ta’kidlash lozimki, masofaviy o‘qitish tizimining zarur axborot ta’minotini yetarlicha emasligi va siyosiy, moliyaviy, texnik sabablarini hisobga olganda, bu jarayon murakkab jarayondir va u respublikamizda endigina rivojlanmoqda. Masofaviy o‘qitishning axborot ta’minotini yaratish faqat davlat miqyosida amalga oshirilishi, shuningdek, turli soha mutaxassislarining jalb etilishi zarur bo‘lgan qiyin, uzoq muddatli va qimmat jarayondir.

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari an’anaviy va masofaviy ta’lim jarayonida foydalanish uchun kompyuter o‘quv materiallari va vositalarini yaratishning ma’lum tajribalariga egadirlar. Barcha kompyuter o‘quv ilovalari 2 guruhga bo‘linadi: lokal texnologiyalar va Internet texnologiyalar uchun mo‘ljallangan ilovalar.

Lokal texnologiya deganda alohida kompyuterlarda ishlash uchun mo‘ljallangan disketa yoki lokal tarmoq vositalari ilovalari tushuniladi.

Internet texnologiya esa global Internet tarmog‘i uchun ilovalarning o‘zlari emas, balki ularning nusxalari foydalanuvchiga maxsus dasturlarning Web-sahifalari, masalan, Netscape yoki Explorer orqali kirish mumkin bo‘lgan ilovalar yaratishni ko‘zda tutadi. Ushbu texnologiyalarning o‘ziga xos yutuqlari va kamchiliklari mavjud.

Lokal gipermatnli materiallarini yaratish uchun hozirgi kunda ko‘pgina dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, Help Writer Windows boshqaruvida ishlaydigan konstruktor mustaqil interfaol gipermatnli fayllarni yaratish uchun mo‘ljallangan konstruktor hisoblanadi. Ushbu dasturning maxsus vazifasi – VB loyihalar uchun avtomatlashtirilgan ma’lumotnomalarni yaratishdir. Lekin, u darslik va boshqa o‘quv materiallar ishlab chiqish uchun ham bemalol qo‘llanilishi mumkin. Help Writer yordamida o‘quv materiallarini yaratish texnologiyasi juda sodda ko‘rinishga ega. Buning uchun ixtiyoriy matn muharririda bo‘lajak darslikning matnini terish mumkin, so‘ngra matn lavhalarga ajratilib, grafik muharrir yordamida zarur rasmlar yaratiladi. Xohishga ko‘ra, har bir o‘quv bloki o‘z-o‘zini tekshirish test savollari bilan to‘ldirilishi mumkin.

Internet texnologiya uchun gipermatnlar MS Front Page Explorer [Editor] maxsus muharriri yordamida, shuningdek, MS Office paketining Word matn muharriri orqali ham yaratilishi mumkin. Lekin, ushbu vositalar yordamida ishlab chiqilgan ilovalar mustaqil ishlay olmaydilar. Ular faqat Word yoki Explorer muhitida amal qila oladilar.

O‘quv ma’lumotnomalarni yaratish maqsadida Windows uchun mo‘ljallangan MS Access dasturini taklif etish mumkin. Bu dastur nafaqat o‘quv jarayoni ta’minoti uchun, balki uni o‘tkazishda ham foydalaniladigan ma’lumotlar omborini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Masalan, talabalarning joriy o‘zlashtirishini nazorat qilish, o‘qituvchilarning kafedra bo‘yicha yuklamasini taqsimlash, uslubiy adabiyot yoki dasturiy mahsulotlarni hisobga olish hamda taqsimlashga imkoniyat beradi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan texnologiyalar yordamida darslik yaratish va komponentalarini aniq bir tizimga solish masofali tizim uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Masofali ta’lim uchun yaratiladigan elektron o‘quv adabiyotlaridan eng asosiysi bu elektron darslik bo‘lib, u o‘quv fanini yoki uning ma’lum bir bo‘limini mustaqil o‘rganishni ta’minlovchi va o‘zida odatdagi darslik, ma’lumotnoma, mashqlar to‘plami, laboratoriya praktikumining xususiyatlarini birlashtiruvchi dasturiy-uslubiy majmuadir.4

“Ma’ruzachi” darslik yoki o‘quv qo‘llanmasining faqat barcha afzalliklarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan bo‘lmasdan, balki kompyuterlar tomonidan ta’minlanadigan zamonaviy axborot texnologiyalari multimedia imkoniyatlaridan to‘la ravishda foydalanish uchun yaratiladi. Bu imkoniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

- fizikaviy, kimyoviy va shunga o‘xshash jarayonlarni dinamikada ko‘rsatish;

- bevosita kuzatish imkoniyati bo‘lmagan ob’ekt va jarayonlarni ko‘rgazmali ko‘rsatish;

- o‘zining o‘rganishi uchun noyob yoki qimmatbaho qurilmalar, materiallar, reagentlarni talab qiluvchi, shuningdek, insonning sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli ob’ekt va jarayonlarni kompyuterli modellashtirish va ularni ko‘rgazmali ko‘rsatish;

- darslik muallifining audio izohini berish;

- o‘quv materiallariga audio va video ko‘rinishlarni, animatsiyani kiritish;

- matnlarga bog‘langan yo‘nalishlar va jo‘natishlarni tashkil qilish;

- murakkab hisoblarni, natijalarni raqamli yoki grafik ko‘rinishida ko‘rsatish bilan tezkor amalga oshirish;

- talabaning masalalar va testlarini bajarishdagi bilimini o‘zi tomonidan tezkor nazorat qilish.

Elektron darslik kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samaradorli o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi shakllarda ifodalanadi:


  • o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida;

  • o‘quv materiallari verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida;

  • multimedia (multi media – ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida;

  • tashkil (his qilinuvchi, seziluvchan) xususiyatli, o‘quvchi (talaba, tinglovchi) ni “Ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan huquqiy olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda.

Yangi asr ta’limini rivojlanish tendensiyasi – axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng qo‘llash va tarqatishdan iborat. Umuman olganda, elektron darsliklarni yaratish juda murakkab va qiyin jarayondir.

Ta’lim texnologiyasi qo‘llaniladigan o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi, texnologiya qo‘llashi mazmunida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quv faoliyati asosida o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorligi yotadi.

Oddiy darslikdan elektron darslikning afzallik tomonlaridan biri u "intellektual" kuchga ega bo‘lishi bilan bir qatorda kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida va joyida taqdim etish imkoniyatlari bilan farqlanadi. Elektron darslik ma’lum bir predmet bo‘yicha hamma tegishli o‘quv materiallarini o‘zida ifoda etgan bo‘lishi kerak. Uning intellektual darajada bo‘lishi esa o‘z navbatida, oddiy darslikka nisbatan bir qator afzalliklarni tug‘diradi. Masalan, ma’lumotlarni tez izlab topish, mavzularni o‘zlashtirish darajasini multimedia elementlari yordamida amalga oshirish va hokazo.

Har bir elektron darslik alohida ko‘rinishda bo‘lishi va ma’lum bir standart talabga javob berishi lozim. Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining uskunaviy vositalari asosida yaratilayotgan elektron darslikning strukturasiga to‘xtalib o‘tamiz.

Elektron kitobning strukturasi. Elektron darslikning bahosi uning mavzularida berilayotgan ma’lumotlarning mazmunini boyitishga bog‘liq. Elektron darslik bo‘yicha berilayotgan materiallarni quyidagi uch ko‘rinishda amalga oshirish mumkin:

• matn ko‘rinishida bayon qilish. Bu erda qog‘ozdagi darslikdan farqli ravishda rasmlar, grafiklar, jadvallar, ya’ni ularning animatsiya ko‘rinishidagi elementlari qatnashishi mumkin;

• elektron darslikning strukturasini tushunib olishga imkoniyat yaratadigan vositalar orqali;

• o‘quv materiallarini savollar ko‘rinishida ifoda etish va ular asosida o‘z bilimini nazorat qilish vositalari bazasida;

• elektron darslik (ED) ning strukturasi quyidagi elementlarni o‘z ichida ifoda etishi lozim;

• muqova;

• mundarija;

• qisqacha annotatsiyasi;

• ED ning "to‘liq bayoni"

• ED ning qisqacha bayoni (masalan, sxema ko‘rinishida);

• asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yhati;

• bilimni nazorat qilish mexanizmi;

• matn fragmenti bo‘yicha izlash amalini bajarish;

• mualliflar ro‘yhati va ular haqida ma’lumot;

• atamalar ro‘yhati;

• ED bilan ishlash uchun ma’lumotlar tizimi.

ED ning muqovasi imkoniyaat darajasida chiroyli bo‘lishi kerak. Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish maqsadga muvofiq. ED ning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida ma’lumot (masalan, vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, ED ni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqida qisqacha ma’lumot. Bu ma’lumotlarni ma’lum bir qismi (mualliflar haqida ma’lumot, ED ni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.

Zamonaviy elektron qo‘llanmalardan biri bo‘lgan elektron darslik multimediali mahsulot bo‘lib, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni bajarishda o‘qitishni samarali tashkil etish va tinglovchilarning ijodiy fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyaatga ega. Bunday darsliklardan uzluksiz o‘qitish rejimida foydalanish tinglovchilar bilimi sifatini oshirishga yordam beradi.

Biror-bir fan bo‘yicha elektron qo‘llanma yaratilayotganda kursning ajratilgan qismi amaliy (mashqlar) va nazorat (test savollari) mashg‘uloti, kursning katta bo‘limi esa testli mashg‘ulot va sinov bilan tugashi lozim. Elektron qo‘llanmadan o‘quv jarayonida foydalanilganda quyidagi afzalliklarga ega bo‘linadi:

• tanlangan fan yoki kurs bo‘yicha bayon etilayotgan axborotlar to‘plami yaxshi strukturaga ega bo‘lib, tugallangan fragmentlarni tasvirlaydi;

• o‘quv kursining strukturali elementi gipermatnli, ko‘rgazmalilik, audio va videoizohli yoki videoko‘rgazmali kalitli mavzulardan tashkil topadi va malakali o‘qituvchi yoki ma’ruzachi o‘qilayotgan fandagi o‘z fikrlarini bildiradi hamda oddiy darslikda o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan fikrlarni izoxlaydi;

• gipermediali grafikadan foydalanib, darslikka tegishli murakkab model va ko‘rgazmalarni tushunarli va sodda shaklda tasvirlash imkoniyatidan foydalanadi;

• elektron qo‘llanma ko‘p oynali interfeysga ega bo‘lib, har bir oynada o‘zaro bog‘langan axborotlar joylashtiriladi;

• darslikda matnli qism ko‘p sonli kesishgan gipermatnli bog‘lanishga ega bo‘lib, zarur axborotni izlash vaqtini qisqartiradi va qo‘shimcha videoaxborot yoki animatsiyali kliplardan kursning matnli qismlarini bayon etish mushkul bo‘lgan bo‘limlarini ifodalashda to‘liq foydalaniladi;

• elektron qo‘llanmada foydalanuvchi tomonidan amallarning to‘g‘ri bajarilishi, yordam olish jarayoni ovozli signallar bilan, axborotni boshqa ko‘rinishlarini esa multimediali vositalarning imkoniyatlaridan foydalaniladi;

• axborotning sifati, ishonchliligi va uning strukturasiga talab oshadi;

• elektron qo‘llanma yordamida kurs ishlari va referatlarini tayyorlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda zamonaviy kompyuter va pedagogik texnologiyani birlashtirib yangi ko‘rinish va sifatdagi qo‘llanmalarni yaratish mumkin.

Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamonaviy pedagogikada elektron qo‘llanmalardan foydalanish asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Elektron darslik va ensiklopediyaning jahon ta’lim standartiga to‘liq javob bera olishi tinglovchilar bilim sifatini oshirishda ahamiyati muhim ekanligi bayon etiladi. Bugungi kunda amaliy jihatdan elektron darslik va ensiklopediyaga tegishli ishlar juda kam ishlab chiqilgan. Hozirgi paytda bilim va axborotlarni odatiy darslik va ensiklopediya ko‘rinishidan elektron shakliga o‘tkazish va samarali qabul qilish imkoniyatini individuallashtirish masalalari davr talabi bo‘lib qolmoqda.

Elektron darslikni ishlab chiqarishda uchta asosiy komponent : o‘quv materialini bayon etish, amaliy mashg‘ulotlarni bajarish va teskari aloqa (o‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e’tiborga olinishi kerak.

Elektron darslik to‘laligicha bir faylda bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki u katta hajmda bo‘ladi. Bu darslikni kompyuterga yuklashdagi tezlikni kamaytiradi va materialni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Har bir bob bitta hujjat sifatida tayyorlanishi yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qiladi.

Elektron darslikni yaratishda Microsoft Front Page dan foydalanish maqsadga muvofiq. Darslikning matni uchun ixtiyoriy matn muharriri qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, tayyorlangan hujjatlarni txt formatida yoki birdaniga HTML da yozib qo‘yish mumkin.

Elektron darslik – kompyuter texnologiyasiga asoslangan ta’lim metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan yetkazilib, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio – video – animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi.

Kompyuterga mo‘ljallangan darslik:

- bir zumda teskari aloqani ta’minlash;

- zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi;

- gipermatnli tushuntirishlarga ko‘p marta murojaat qilishda vaqtni tejashi;

- ekranga matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqaribgina qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilishi va modellashtirishi;

- aniq bir bo‘lim bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalariga mos ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish;

- zarur o‘quv axborotlarini yangilash imkoniyatining mavjudligi bilan an’anaviy darsliklardan tubdan farq qiladi.

Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi zarur:



  1. O‘rgatuvchi qism – gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.

  2. Mashq qildiruvchi – xatolarni ko‘rsatib beruvchi va to‘g‘ri xulosaga olib keluvchi qism.

  3. Nazorat qiluvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.

Axborotning elektron eltuvchisi – axborotni raqamli shaklda saqlash va uzatishning maxsus qurilmasi (disketalar, CD disk va boshqalar).

Elektron darslik bo‘limi – an’anaviy darslikning boblariga o‘xshash o‘quv fanining har xil sohasi.

Elektron darslik moduli – an’anaviy darslikning mavzulari yoki paragraflariga o‘xshash, o‘quv fani bo‘limlarining tashkil etuvchisi.

Virtual ustaxonalar va laboratoriya stendlari – ustaxona jihozlari va laboratoriya stendlarining kompyuter-imitatsiya moduli.

Bundan ko‘rinib turibdiki, elektron darsliklarning imkoniyatlari an’anaviy darsliklarga nisbatan ancha keng.

Shuningdek, elektron darslik quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:



  • ta’limni, o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishi ta’minlanadi;

  • mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyati yaratiladi;

  • ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning hamohangligi ta’minlanadi;

  • axborot-ta’lim ashyolarini rivojlantirish xususiyatining hamohangligi ta’minlanadi;

  • matn va boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illustrasiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) yo‘li bilan taqdim etiladi.

Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda, eng muhim tushuncha va qonuniyatlarini tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi.

Elektron darsliklarni quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

1. Foydalanish maqsadlariga ko‘ra: jamoa bo‘lib va yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar.

Jamoa bo‘lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim ashyolarini talab qilmaydigan bo‘lishi kerak, chunki ular server kompyuterga joylashtiriladi, ulardan kompyuter tarmoqlari (INTERNET yoki INTRANET) orqali foydalanish mumkin.

Yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar o‘quv materiallarini o‘qituvchining ishtirokisiz o‘rganishga mo‘ljallangan.

Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin.

2. O‘quv materiallarini taqdim etish bo‘yicha: tartibli va ixtiyoriy.

Tartibli elektron darsliklar ma’lum bir bo‘limga oid bo‘lgan elektron darsliklar o‘zlashtirilmasdan keyingi bo‘limga o‘tishga imkoniyat bermaydi.

3. O‘quv materiallarini va axborotlarni yangilash bo‘yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda, elektron o‘quv bazalariga (portallar, Web-saytlar va boshqalar) va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot tashuvchi (disketa, CD – disk va boshqa) lar bilan taqdim etiladi.

Multimedia muhitida o‘quv kurslarini ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablag‘larni talab qiluvchi jarayondir. Shuning uchun kompyuterdagi o‘quv kursini yaratishning barcha bosqichlarini va ishlab chiqishning har bir bosqichidagi qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yechimlarini oldindan belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi bosqichlar zarur bo‘ladi.5




Download 230.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page