2.1 Bumerang texnalogiyasi asosida to`plamlar mavzusiga doir dars mashg`uloti
Mashg`ulotni o`tkazish jarayonida o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga mavzuga doir barcha ma`lumotlar berilganidan so`ng, ularning bilimini Bumerang texnalogiyasi asosida mustahkamlab olamiz. Ushbu texnalogiya bir necha bosqichda o`tkaziladi:
- O`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. Sinfda jami 24 nafar o`quvchi 4 ta guruhga 6 nafardan bo`lib bo`linadi;
- O`quvchilar dars mashg`ulotining maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi. Maqsad: O`quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni o`quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o`zlashtirilib olishlari hamda suhbat-munoozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda o`quv jarayoni mobaynida har bir o`quvchi tomonidan o`z baholarini egallashga imkoniyat yaratishdan iborat.
- O`quvchilarga mustaqil o`rganish uchun mavzu bo`yicha matnlar tarqatiladi;
- Berilgan matnlar o`quvchilar tomonidan yakka tartibda o`rganiladi;
- Har bir guruh a`zolaridan yangi guruh tashkil etiladi. Jami 4 ta guruhdan bitta-bitta o`quvchi chiqib, ular bitta guruh tashkil qilishadi;
- Yangi guruh a`zolarining har biri guruh ichida navbat bilan mustaqil o`rgangan matnlari bilan axborot almashadilar ya`ni bir-birlariga so`zlab beradilar. Chunki o`quvchilar o`rgangan bilimlarini bir-birlariga so`zlab berishsa, ular o`rgangan ma`lumotlar yanada ortadi va shu bilan birgalikda matnni o`zlashtirib olishga erishadilar;
- Yangi guruh a`zolarining har biri guruh ichida navbat bilan mustaqil o`rgangan matnlari bilan axborot almashadilar ya`ni bir-birlariga so`zlab beradilar. Chunki o`quvchilar o`rgangan bilimlarini bir-birlariga so`zlab berishsa, ular o`rgangan ma`lumotlar yanada ortadi va shu bilan birgalikda matnni o`zlashtirib olishga erishadilar;
- Berilgan ma`lumotlarni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o`tkaziladi ya`ni guruh a`zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar. Bunda o`quvchilar yodlarida qolgan ma`lumotlar orqali bir-birlari bilan qisqa savol-javob qilib olishadi;
-Yangi guruh a`zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar. Ular yana 4 ta guruh bo`lishadi;
- Darsning qolgan jarayonida o`quvchilar bilimlarini baholash yoki to`plangan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhga ``guruh hisobchisi`` tayinlanadi; - O`quvchilar tomonidan barcha ma`lumotlar qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o`qituvchi o`quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og`zaki so`rov o`tkazadilar, har bir guruh a`zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog`lagan holda bittadan savol tuziladi:
Osiyo qit`asidagi barcha daryolar yoki lug`atdagi barcha so`zlar to`plamga misol bo`la oladi;
Haftadagi kunlar to`plami chekli to`plamga misol bo`ladi;
To`g`ri chiziqdagi nuqtalar to`plami cheksiz to`plamga misol bo`ladi va hkz;