Ona tili o‘qitish metodikasi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun
dars ishlanma
Toshkent-2024
Tuzuvchi:
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Ona tili va adabiyoti
ta’limi fakulteti IV bosqich kechki bo'lim talabasi
O’ktamova Nodira
Ona tili o‘qitish metodikasi. Mashq [Matn]: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun / – Toshkent-2024
Shartli belgilar
Savollar Uyga vazifalar
Muhokama uchun Grammatik mashqlar
Og’zaki topshiriqlar Audiomatnlar Audiomatnlar
Yozma topshiriqlar Grammatik qoidalar
Topshiriq yuzasidan izohlar
Ertaga yangi kun boshlanadi
___________________________________________
BU MAVZUDAN O‘RGANAMIZ:
Ertaga yangi kun boshlanadi
Motivatsiya- nimaga kerak?
So’z ma’sulyati So’z yasovchi qo’shimchalar uslubiyati. Sinonimlar
1. Siz nimanidir o’z vaqtida qila olmasangiz tushkunlikka tushasizmi?
2. “Bugungi kunni ertaga qoldirma” maqolini qanday tahlil qilasiz?
Ertaga yangi kun boshlanadi
Biz har qanday vaziyatda ham xotirjamlikni, ruhiy osoyishtalikni saqlay biladigan va o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan odamlarga havas qilamiz. Biz buni donolik deb ataymiz va qachonlardir shunday bo‘lishimizga umid qilamiz. Ma’lum bo‘lishicha, bularning hammasi xulq-atvorimizdagi bizning baxtli bo‘lishimizga va oldinga qarab intilishimizga to‘sqinlik qiluvchi ba’zi tomonlardan o‘zimizni chetga olishni bilishimizga bog‘liq ekan.
Agar o‘zingizga bergan bahongiz va kayfiyatingiz boshqalar muhitida qanday ko‘rinishingizga bog‘liq bo‘lsa, bu sizning baxtingiz o‘zingizga tegishli emasligini bildiradi. Aqlli odamlar o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonayotgan bir paytda, ular bu quvonchning boshqalar tomonidan so‘ndirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Boshqalarning nima qilishi va nima deb o‘ylashi muhim emas. Bu o‘zingiz haqidagi fikringizga hech qanday ta’sir qilmasligi kerak.
Farosatli odamlar xafagarchiliklarni oson kechiradi, lekin bu ular unutib yuboradi degani emas. Kechirish – yoqimsiz holatlarni unutib yuborishni va yashashda davom etishni bildiradi. Lekin bu xafa qiluvchi odamga ikkinchi imkoniyat berildi degani emas. Aqlli odamlar begona xatolar bilan o‘ralashishni xohlamaydi, shuning uchun ular avval kechiradi, keyin esa ular kelgusida o‘zlarini bunday vaziyatlardan qutqarib qolish uchun kuchaytirilgan choralarni qo‘llaydi.
Aqlli odamlar o‘zini asrash qanchalik muhimligini biladi, chunki ertaga yangi kun va yangi jang boshlanadi. Nizoli vaziyatlarda biz ko‘pincha his-tuyg‘ularimizni nazorat qila olmaymiz va boshimiz bilan yengilishimiz aniq ko‘rinib turgan janjalga kirishib ketamiz. O‘z tuyg‘ularini tushunadigan va boshqaraoladiganlar qachon o‘z gapida turib olishni va qanday janglarga aralashish lozimligini to‘g‘ri baholash qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Sizning ta’sirchan holatingiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri nima haqida o‘ylayotganingizga bog‘liq. Siz butun diqqat-e’tiboringizni kundalik muammolarga qaratsangiz, salbiy hissiyotlar va stressli holatlarga tushib qolasiz. Aqlli va farosatli odamlar muammolarning o‘zi haqida emas, balki ularni hal qilish yo‘llari haqida o‘ylash kerakligini yaxshi biladi.
Ko‘pchilik uchun “yo‘q” so‘zini aytish juda qiyin kechadi. Shunday bo‘lsa-da, bu qo‘rqmasdan foydalanish kerak bo‘lgan juda kuchli usul hisoblanadi. Yangi majburiyatni zimmangizga olishdan voz kechish bilan, siz o‘zingizda bor bo‘lganlarini bajarishga imkoniyat bergan bo‘lasiz.
1-mashq. Matnga tayangan holda quyidagi savollarga ogʻzaki javob bering.
Dono odamlarning eng muhim belgisi ularning qaysi fazilatida ko’rinadi?
Nizoli vaziyatlarda biz yo’l qo’yadigan xato nimada deb o’ylaysiz?
Siz har doim ham “Yo’q” deb ayta olish qobiliyatiga egamisiz? Sizningcha bu siz uchun to’g’ri yechim bo’la oladimi?
IZOH: Ushbu topshiriq oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirishga moʻljallangan boʻlib, matn esa ularga qoʻshimcha manba vazifasini bajaradi. Topshiriq 10-sinf uchun moʻljallangan.
Share with your friends: |