Qabilasi reja: Hilolnamolar qabilasi Cyperales



Download 42 Kb.
Page1/4
Date11.01.2021
Size42 Kb.
#55604
  1   2   3   4
14-mavzu

14-MAVZU: BUG‘DOYNAMOLAR (BOSHOQNAMOLAR-POALES) QABILASI

Reja:

  1. Hilolnamolar qabilasi - Cyperales

  2. Bug’doydoshlar oilasining biologiyasi

  3. Palmadoshlar oilasi – Aresaceae

  4. Kuchalanamolar qabilasi –Arales.


Tayanch so’z va iboralar: Qorabosh, rang - Carex pachystylis, rang qiyoq (Carex), salomalaykum (Cyperus), bug‘doy (Triticum), sholi (Oryza), makkajo‘xori (Zea), suli (Avena), tariq (Prosa), arpa (Hordeum), Acorus calamus, Kengbarg qo‘g‘a - Typha latifolia.
1.Hilolnamolar - Cyperales qabilasi. Hiloldoshlar - Cyperaceae oilasi. Qabila bitta oilani o‘z ichiga oladi. Hiloldoshlar oilasiga 100 ta turkum, 4000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, yer yuzida keng tarqalgandir. Bizda 16 turkumga mansub 90 ta turi o‘sadi. Barglari ingichka, qattiq. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki yoki bir jinsli, boshoqchalarda joylashgan. Shamol yordamida changlanadi. Gulqo‘rg‘oni 6 ta yoki 3 ta tangachadan iborat, changchisi 3 ta, mevasi - 3 qirrali yong‘oqcha. Oilaga o‘zimizda keng tarqalgan rang qiyoq (Carex), salomalaykum (Cyperus) kabi turkumlar kiradi. Oila vakillari yem-xashak o‘simligi sifatida muhim ahamiyatga ega.

Qorabosh, rang - Carex pachystylis. Ko‘p yillik efemeroid, bo‘yi 7-30 sm keladi. Rang chim hosil qilib o‘sadi, qalinligi 8 - 9 sm ga yetadi. Ildizi yordamida vegetativ ko‘payadi. Poyasi silliq, tubi qora-qo‘ng‘ir, pastki barglari qin hosil qilib joylashgan, uzunchoq, uchi ingichka. Barglari mayin, yassi yoki yarim buralgan, poyadan kaltaroq, asosan, adir o‘simligi, uni chorva mollari, qo‘y-echkilar yaxshi iste’mol qiladi. Mevasi qo‘ng‘iroq qoramtir tusda bo‘lib, poyasining uchki qismida joylashgan. Ba’zida shuning uchun qorabosh deb ham aytiladi. Urugidan undirish qiyin. Rangning afzalligi shundaki, qorako‘1 qo‘ylari qishdan toliqib, vitaminlarga ehtiyoj sezilgan paytda ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘sadi. Uni mollar yeb, ancha tetiklashib oladi. Qo‘y, qoramol, otlar uchun yaxshi xashak hisoblanadi. Qiyoqlardan bo‘yra to‘qishda, manzarali, qumni mustahkamlaydigan o‘simlik sifatida ham foydalaniladi.


Download 42 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page