Velosipedda harakatlanish



Download 149.06 Kb.
Date14.12.2023
Size149.06 Kb.
#62947
velosiped

Velosipedda harakatlanish

Velosipedni xavsiz haydash haqida

  • Velosiped bolalikdan barchamizga yaxshi tanish boʻlgan doʻstdir. Agar siz uni toʻgʻri haydashni bilsangiz, marhamat - oʻtiring va haydang!
  • Faqat shuni esda tutish kerakki, velosiped, birinchi navbatda, transport vositasi boʻlib, undan foydalanganda uni boshqarish va harakatlanish qoidalariga rioya qilish kerak. E’tiborsizlik va qoidalarni bilmaslik shikastlanishga yoki undan ham qaygʻuliroq oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Xavfsiz velosiped haydash boʻyicha ilk ma’lumotlar

  • Bola yoshligidanoq yoʻl harakati qoidalari haqida dastlabki bilimga ega boʻlishi kerak:
  • harakatlanuvchi obyektlarni (odamlar, hayvonlar, yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini) aylanib oʻtishi;
  • yoʻlda harakatsiz toʻsiqlardan (daraxtlar, oʻrindiqlar va boshqa toʻsiqlar) aylanib oʻtganda va burilish paytida harakatni sekinlashtirishi;
  • transport qatnov qismi tomon haydamaslik;
  • chuqurliklar, koʻlmaklar, kanalizatsiya qopqoqlarini aylanib oʻtishi;
  • yoʻlni faqat kattalar hamrohligida va velosipeddan tushgan holda kesib oʻtishi.

Velosiped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:

  • rulni bir qo‘lda ushlab harakatlanish;
  • yo‘lovchi tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchini tashish bundan mustasno);
  • gabaritdan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish;
  • velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish;
  • tramvaylar harakatlanadigan yo‘llarda va tegishli yo‘nalishda yo‘nalishlari bittadan ko‘p bo‘lgan yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
  • yo’lning qatnov qismini velosiped mingan holda kesib o’tish.
  • Velosiped haydovchilarining yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya qilmasligi — eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
  • Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur. Qorong‘u vaqtda harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga - oq rangli nur qaytargich va chiroq, orqa tomoniga - qizil rangli nur qaytargich va chiroq, yon tomonlariga esa zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi kerak.

Download 149.06 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page