Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda investisiya va innovasiyalarning o‘rni



Download 148.9 Kb.
Date18.03.2024
Size148.9 Kb.
#63900
14

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda investisiya va innovasiyalarning o‘rni
Mamlakatimizda agrar soha ilmiy-ta'minot tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Respublika hukumati tomonidan ushbu tizimni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, agrar soha ilmiy ta'minoti mavqeini ko‘tarish, fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etishdan iboratdir. Jahondagi global o‘zgarishlar va agrar soha ilmiy ta'minotining yangi yo‘nalishlari yuzaga chiqayotgan sharoitda, raqobatbardoshlikni saqlab qolish, bozorni doimo o‘zgarib borayotgan talablariga javoban fermer va davlatdan doimiy innovasiyani joriy qilib borishni talab qiladi. Ma'lumki, fan texnika sohasidagi o‘zgarishlar tezlik bilan amalga oshib bormoqda. Bozor sharoitiga moslashib borayotgan tovar mahsuloti yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarini qurg‘oqchilik va o‘simliklarni turli kasalliklarga chalinishiga qarshi turishlarida va ularning raqobatbardoshligini oshirishda biologik tadqiqotlar va axborot texnologiyasidagi revolyusion o‘zgarishlargina yordam berishi mumkin. Bu borada paztachilik va dehqonchilikni boshqa sohalarda keng miqyosda qo‘llanayotgan biotexnologiyani misol qilib keotirish mumkin. Biotexnologiyani keng miqyosda qo‘llanishi birinchidan, kasallik va hasharotlarning hosildorlikni pasayib yuborishini oldini olsa, ikkinchidan, fermer daromadini oshishini ta'minlaydi, uchinchidan, turli zaharli kimyoviy moddalarni ishlatish miqdorini kamaytiradi. Ammo shuni ta'kidlash lozimki, kichik fermer xo‘daliklarida fan va texnologiya yangiliklarini joriy qilishda bir qator qiyinchiliklar ham mavjud. Chunki texnologik innovasiya bilan bog‘liq bo‘lgan institutsional o‘zgarishlarni tez sur'atlar bilan hayotga kirib borishini, innovasiyaning turli manbaalarini o‘z ichiga olgan innovasiya jarayoni kompleks ravishda amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Agrar sohada ilmiy ta'minoti tizimini investision yo‘lga o‘tkazilishi va innovasion jarayolarni jadallashtirish sohasining barqaror rivojlantirishni ta'minlab fermerlar daromadini oshiradi. Itisodiyotni ko‘proq agrar sohaga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda global va milliy darajada bozordagi salbiy o‘zgarishlar agrar sohadagi ilmiy-tadqiqoqt ishlari yo‘naltirilayotgan investisiyalarni kamayishi va ilmiy tadqiqoqot natijilarini joriy qilishda katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Bunday holatda ilmiy tadqiqot natijalariga bo‘lgan talablariga bozordagi raqobatbardoshlikni va aholi daromadlarini oshirishga ilmiy-tadqiqot ishlari ta'sirini tahlil qilish uchun, davlat va xususiy sektor tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga investisiyani ko‘paytirish va xususiy sektor fermerlar fuqorolik tashkilotlari birlashib investisiya yo‘nalishi kengaytirish lozim. Bunday usuldagi investisiya va investisional innovasiya bugungi jahon bozoridagi tez yuz berayotgan o‘zgarishlar resurslar taqchillikni oshib borishi va kelajakda kutilayotgan noaniqlar sharoitida muhim ahamiyatga ega.

2017 yilning yanvar'-dekabr' oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 69 504,2 mlrd. so‘mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 102,0 %, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 68 906,7 mlrd. so‘mni (101,9 %), o‘rmon xo‘jaligida – 117,9 mlrd. so‘mni (101,6 %), baliq xo‘jaligida – 479,6 mlrd. so‘mni (126,8 %) tashkil qildi7. Xususan yuqori o‘sish sur'atlari Surxondaryo (106,6 %), Navoiy (104,1 %) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (103,8 %) va Farg‘ona (103,3 %) viloyatida kuzatildi. Xorazm (100,1 %), Toshkent va Qashqadaryo (100,8 %) vilotlarida esa aksincha past o‘sish sur'atlar kuzatildi. 1.3.2-diogramma. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi maxsulot (xizmat)lari umumiy xajmida xududlarning ulushi Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmida Samarqand viloyatining ulushi 13,1 % tashkil etdi va hududlar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, Toshkent va Andijon viloyatlari mos ravishda 12,1 % va 10,7 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egalladi. Eng kam ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,8 %), Sirdaryo (4,2 %) va Jizzax (4,9 %) viloyatlarida qayd etildi. 2017 yilning yanvar'-dekabr' oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining o‘sishi 2016 yilning mos davriga nisbatan 101,9 %, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 100,7 %, chorvachilik mahsulotlari – 104,2 % tashkil qildi8. Xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlar umumiy hajmining 63,6 % – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 34,7 % – fermer xo‘jaliklariga, 1,7 % – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. 1.3.1 rasm. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining ulushi xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkichlar barcha hududlarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

Download 148.9 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page