Toshkent Davlat Pedagogika universiteti
Amaliy psixologiya fakulteti
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
Respublikada aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora-tadbirlar mavzusida
G L O S S A R I Y
Bajardi: 105 – guruh talabasi Rashidova Shahnoza.
Qabul qildi: Amanova Feruza.
Aholini ijtimoiy himoya qilish - - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 7-aprel 1948-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi.
Aholi – Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan – Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Lekin Aholi rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsirni ijtimoiy-iqtisodiy omillar koʻrsatadi. Aholi muammolari odamlarning biologik xususiyatlari, insonlarning atrof muhit bilan oʻzaro alokasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bogʻliq. Chunki aholining mehnatga yarokli qismi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Aholini ilmiy va muntazam oʻrganish oʻrta asrlardan boshlangan. Ani hisobga olish Yevropa va Amerikada 19-asrda, qolgan regionlarda 20-asrning dastlabki choragida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistonda aholi haqidagi statistik maʼlumotlar 19-asr 2-yarmidan boshlab mavjud. Respublikada aholi muammolarini oʻrganish 1960–1970-yillardan boshlab tez rivojlandi. AHOLIni ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini – uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. AHOLIning ijtimoiy-iqgisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va boshqa kiradi.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Nafaqa — muhtoj odamlarga davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar tomonidan beriladigan yordam puli. Oʻzbekiston Respublikasida mehnat stajiga koʻra beriladigan pensiyadan farqli holda N. davlat tomonidan, asosan, bolalikdan nogiron, yolgʻiz qariya va yolgʻiz nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga, homilador va tuqqan ayollarga, 3 yoshgacha boʻlgan bolalari tarbiyasi bilan band boʻlgan ayollarga, isheizlarga, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga va boshqa beriladi.
Ijtimoiy yordam - davlat va jamiyatning qariligi, sogʻligʻi, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik uchun vosi-talar bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar toʻgʻrisida gʻamxoʻrligi. I. yo. (ijtimoiy himoya, ijtimoiy taʼminot) pensiyalar, nafaqalar toʻlash, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish, 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga oylik nafaqa toʻlash, bemorlar va keksalarga xizmat koʻrsa-tish, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish koʻri-nishida amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy taʼminlashning qatiy kafolatli tizimi ijtimoiy sugʻurta deb ataladi.
Share with your friends: |