Toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 0.73 Mb.
Page1/10
Date05.12.2023
Size0.73 Mb.
#62828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akbarali Abduvaliyev 1 Dedline Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni. Gidroskoplar
90 DAY - No PMO Advice & Tool Guide No BX

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
FARMATSIYA, MENEJMENT, TIBBIY BIOLOGIYA, BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI,OLIY MAʼLUMOTLI HAMSHIRA FAKULTETI
1-kurs 101B guruh talabasi
Abduvaliyev Akbaralining
Fizika fani Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni. Gidroskoplar mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi: Muyassar Nazaraliyevna
Toshkent-2023
Mavzu: Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni. Gidroskoplar.

Reja:
I. Kirish. Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni. Giroskoplar.
II. Maqsad. Absolyut qattiq jismni aylanma harakatga keltirish dinamikasining asosiy qonunini o’rganish va gidroskoplar bilan tanishish.
III. Asosiy qism:



  1. Impuls momenti va kuch momenti. Ularning o’lchov birliklari.

  2. Impuls momenti bilan kuch momenti orasidagi bog’lanish. Momentlar tenglamasi.

  3. Impuls momentini saqlanish qonuni.

  4. Inersiya momenti. Shteyner teoremasi.

  5. Bazi jismlarning inersiya momentlari.

  6. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi.

  7. Aylanuvchi jismning kinetik energiyasi va bajargan ishi.

  8. Giroskoplar nima?

  9. Giroskoplar qanday ishlaydi?

  10. Giroskoplarning ahamiyati

IV.Xulosa


V. Mavzu yuzasidan savollar va test topshiriqlari
VI. Foydalanilgan adabiyotlar





Tayanch so'z va iboralar:


Kuch momenti va impuls momenti, inersiya momenti, Shteyner teoremasi, qattiq jism aylanma harakati dinamikasining asosiy tenglamasi, aylanuvchi qattiq jismning kinetik energiyasi va bajargan ishi, momentlar tenglamasi, impuls momenti bilan kuch orasidagi bog'lanish konservativ va nokonservativ kuchlarni bajargan ishi, tashqi va ichki kuchlar, yopiq sistema, reaktiv harakat, dissipatsiya, inersiya markazi, energiyaning saqlanish qonuni, umumfizikaviy energiyaning saqlanish qonuni, impulsning saqlanish qonuni, koinotga chiqish tezliklari, gidroskoplar, gilbal, burchak momenti.


Impuls momentining saqlanish qonuni bilan tanishishdan oldin bu qonunni xarakterlovchi bazi tushunchalar va kattaliklar bilan tanishamiz. Biror inersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatlanayotgan jismning tezligi , impulsi va radius-vektori bo’lsin (5.1-rasm).


Moddiy nuqtaning berilgan nuqtaga nisbatan impuls momenti deb, radius-vektorni impuls vektoriga vektor ko’paytmasiga aytiladi:
(5.1)
vektor kattalik, uning yo’nalishi va vektorlar yotgan tekislikka doimo tik bo’ladi. Yo’nalishi parma qoidasi asosida aniqlanadi. Agar parma dastasini vektordan vektorga eng qisqa yo’l orqali o’tishdagi yo’nalish bo’yicha buralsa, parma uchining ilgarilanma harakati yo’nalishi vektorning yo’nalishi bilan mos keladi. Impulsning son qiymati va orqali chizilgan parallelogramm yuzasiga teng bo’ladi, ya’ni
. (5.2)
l – moddiy nuqta impulsining O nuqtaga nisbatan elkasi.
L ning o’lchov birligi SI: kg · m2/s; SGS: g · sm2/s.
Moddiy nuqta radiusi bo’lgan aylana bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa (5.2 – rasm), uning aylana markaziga nisbatan impuls momentining son qiymati:
. (5.3)
O nuqta orqali o’tuvchi ixtiyoriy Z o’qqa ning proeksiyasi moddiy nuqtaning shu o’qqa nisbatan impuls momenti deyiladi:
. (5.4)
O’qqa nisbatan impuls momenti skalyar kattalik bo’lib, nuqtaga nisbatan impuls momenti esa vektor kattalikdir. Moddiy nuqtalar sistemasi uchun:
. (5.5)
Kuchning aylantiruvchi ta’sirini xarakterlash uchun kuch momenti tushunchasi kiritilgan. Berilgan O nuqtaga nisbatan kuch momenti deb, radius-vektorni kuch vektoriga vektor ko’paytmasiga aytiladi, ya’ni
. (5.6)
7.3 – rasmda bu vektorlarning o’zaro joylashishi tasvirlangan.

Kuch momentining son qiymati:


. (5.7)
Aylanish markazidan kuchning ta’sir yo’nalishiga tushirilgan perpendikulyarning uzunligiga kuch elkasi deyiladi.
M ning o’lchov birligi SI: N · m, SGS: din · sm.
2. vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Bu o’zgarishni tahlil qilish uchun ifodani vaqt bo’yicha differensiallaylik:
. (5.8)


chunki va lar bir tomonga yo’nalgan. N’yutonning II qonuniga asosan va (7.6) ifodaga ko’ra
. (5.9)
Demak, . (5.10)
(7.10) ifoda bilan ni orasidagi bog’lanishni ifodalab, moddiy nuqta uchun momentlar tenglamasi deyiladi.
ifoda ga o’xshashdir.
3. Agar moddiy nuqtaga ta’sir etuvchi barcha tashqi kuchlar teng ta’sir etuvchisining O nuqtaga nisbatan momenti nolga teng bo’lsa:
. (5.11)
O’zgarmas kattalikning vaqt bo’yicha hosilasini nolga teng ekanligini nazarda tutsak (7.11) dan
(5.12)
ekanligi kelib chiqadi. Bunday natija moddiy nuqta impuls momentining saqlanish qonunini ifodalaydi. Moddiy nuqtaning impuls momenti ixtiyoriy O nuqtadan o’tayotgan biror (masalan, z o’qqa, 5.4 – rasm) o’qqa nisbatan aniqlanayotgan bo’lsa, u
ga teng bo’ladi. (5.13)
Lz va Mz lar va vektorlarning mos ravishda Z o’qqa tushirilgan proeksiyalaridir. O’qqa nisbatan impuls momenti skalyar kattalik bo’lib, nuqtaga nisbatan vektor kattalikdir. Moddiy nuqtalar sistemasi uchun biror O nuqtaga nisbatan
, (5.14)
biror Z o’qqa nisbatan
. (5.15)
Agar moddiy nuqtalar sistemasi berk bo’lsa:
. (5.16)

Download 0.73 Mb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page