Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 1.99 Mb.
Page59/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
qisqacha xulosalar
Qurilish ishlab chiqarishining resurslar bilan ta’minlanganligi - kapital qurilishning joriy va istiqbolli dastularini muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Bozor sharoitlarida korxona va tashkilotlarning resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishga bo‘lgan munosabati miqdoriy va sifat jihatdan o‘zgaradi.
Ishlab chiqarish fondlari (asosiy va aylanma) ishlab chiqarishning resurs asosini xarakterlaydi. Ular mehnat resurslari bilan birgalikda ishlab chiqarishning bir maromda davom etishini hamda sarflangan mablag‘larning samaradorligini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish fondlari va kadrlar salohiyati ko‘p jihatdan har bir qurilish tashkilotining va butun tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini (quvvatini) belgilab beradi.
QURILISH MODDIY – TEXNIKAV BAZASI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI.
Bozor sharoitida qurilish moddiy–texnika ta’minoti
Bozor sharoitlarida qurilish moddiy – texnika ta’minoti tizimi sanoat va qurilish industriyasi, transport va energetika tashkilotlari, ilmiy – tekshirish, loyiha, o‘quv va boshqa muassasalar, xo‘jaliklarning tarmoqlariga qaratilgan bo‘ladi. U qurilish kompleksini zarur bo‘lgan moddiy – texnika resurslari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Qurilish materiallarining tovarlar bozoridagi vaziyatini umumiy holda baholash bilan shunday to‘xtamga kelish mumkinki, korxonalar va tashkilotlar qonunda ko‘rsatilgan etarli darajadagi erkin tadbirkorlik faoliyatini tavsiflaydigan sharoitlarda ishlaydilar: ular boshqarish va davlat hokimiyati tuzilmalariga nisbatan zarur bo‘lgan xo‘jalik mustaqilligiga egadirlar, amalda barcha resurslarga erkin holatda yondashish imkoniyatlariga ega bo‘lib, savdo-sotiq va xo‘jalik yuritishda amalga oshiriladigan operatsiyalarda kontragentlarni tanlashda mutlaqo erkindirlar, olinadigan daromadni mustaqil ravishda taqsimlashlari va ishlatishlari mumkin (o‘zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda), maksimal foyda olish maqsadida o‘zining faoliyat yo‘nalishlarini erkin tarzda tanlaydilar. Mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati va qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi umuman olganda bu bozordagi talab –ehtiyojlarni to‘liq qondiradi. Xo‘jalik yuritishning yangi tizimiga o‘tish tufayli qurilish tarmog‘i uchun materiallar tanqisligi o‘tmishda qolib ketdi.
Qurilish moddiy – texnika resurslari ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va tabiiy resurslarga bo‘linadi:

  • qurilish ishlab chiqarishini talab etilgan sifat va sonda zarur bo‘lgan resur turlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash;

  • resurslardan foydalanish darajasini yaxshilash: mehnat unumdorligi va fond qaytarmasi oshirish, qurilish jarayoni ritmiyligini ta’minlash, aylanma mablag‘lar aylanish vaqtini qisqartirish, ikkilamchi resurslardan to‘liq foydalanish, investitsiya va boshqa ko‘rsatkichlar samaradorligini oshirish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot hamda bino va inshootlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish uchun o‘z tashkilotida va raqobatchi tashkilotlardagi qurilish ishlab chiqarishining tashkiliy – texnik holatini va qurilish – montaj ishlari (xizmatlari)ning sifatini tahlil qilish.

Qurilish tashkilotida yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun quyida ko‘rsatilgan ishlarni doimiy ravishda bajarish talab etiladi:
1. Bozorda qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa mahsulotlarni etkazib beruvchilar (xizmatlar) bo‘yicha marketing izlanishlarini olib borish. Etkazib beruvchilarni tanlash quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tavsiya etiladi: etkazib beruvchining litsenziya va ushbu sohada etarlicha tajribaga ega ekanligini aniqlash, ishlab chiqarishning yuqori tashkiliy – texnik holatdaligi, ishning ishonchliligi va foyda keltiruvchanligi, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining raqobatbardoshligini oshirish, ular narxlarining hammabopligi, ularni etkazib berish sxemasining soddaligi va turg‘unligi;
2. Konkret moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarni
me’yorlashtirish;
3. Moddiy – texnik resurslar sarfi me’yorlari va me’yoriy hujjatlarini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqish.
4. Qurilish ishlab chiqarishini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash kanallari va shakllarini izlab topish.
5. Moddiy materiallar balansini (muvozanat, turg‘unlik holatini) ishlab chiqish.
6. Qurilish ishlab chiqarishi moddiy – texnika ta’minotini rejalashtirish.
7. Ish joylarini qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa materiallar bilan ta’minlashni tashkil etish.
8. Moddiy – texnik resurslardan foydalanishni hisoblash va nazorat qilish.
9. Qurilish ishlab chiqarishidagi chiqindilarni yig‘ish va ularni qayta ishlashni tashkil etish.
10. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.
11. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha olib boriladigan ishlarni rag‘batlantirish.
Bu funksiyalarga bog‘liq ravishda qurilish ishlab chiqarishi moddiy – texnika ta’minoti (MTT)ning tegishli xizmat ko‘rsatish bo‘limlari aniqlangan.
Ularga quyidagilar tegishlidir:

  • moddiy – texnika ta’minoti xizmati, bu xizmat ishlab chiqarish jarayoni uchun xom-ashyo, yarimfabrikatlar, butlovchi detallarni o‘z vaqtida etkazishni ta’minlash va tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari ta’minot va sotish bo‘limlari xo‘jalik shartnomalari asosida o‘rnatilgan xizmatlarni nomenklatura va o‘z muddatida hamda belgilangan hajmda bajarilshini ham ta’minlaydi;

  • materiallar, yoqilg‘i, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni joylashtirish va saqlash xizmati, bu xizmat omborxona bilan ta’minlangan bo‘lib, ta’minot va sotish tizimi moddiy – texnika bazasi deb hisoblanadi;

  • tayyor mahsulotlarni komplektlashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish – texnologik xizmat ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bino va inshootlarni tiklash yig‘ma elementlarni kalendar grafik bo‘yicha qat’iy ravishda etkazib berishni talab etadi. SHuning uchun ishlab chiqarish - texnologik komplektlashtirish xizmati qurilish tashkiloti bilan kelishilgan buyumlar va konstruksiyalarni qa’tiy ravishda sutkali va soatli grafik bo‘yicha belgilangan muddatlarda ma’lum miqdorda, nomenklatura bo‘yicha etkazishni ta’minlaydi;

  • asbob – uskuna xo‘jaligi va texnologik jihozlar ta’minoti xizmati. Bu xizmat bo‘limi ishlab chiqarishni asbob –uskuna, moslamalar, texnologik jihozlar, yuqori sifatli qoliplar bilan ta’minlaydi. YUqorida ko‘rsatilganlar bilan ta’minlanganlik ilg‘or texnologiyani, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalashni muvaffaqiyatli tadbiq etishni oldindan aniqlab beradi.

  • ta’mirlash – mexanik ishlab chiqarish xizmati, bu xizmat vazifasi katta va murakkab park jihozlari, mashinalar ishchi holatini ta’mirlash va modernizatsiyalash orqali ta’minlashdan iborat. Qurilish tashkiloti ishi natijalari bu xizmat bo‘limining puxta ishlashi bilan keng ma’noda aniqlanadi;

  • transport jarayonlari xizmati, bu bo‘lim qurilish maydoni ichida va uning atrofidagi tashqi maydonda ishlab chiqarish jarayonining bir ma’romda olib borilishi uchun zarur bo‘lgan katta massali yuklarni ko‘chirishni ta’minlaydi. Ayniqsa alohida jarayonlarni yagona ishlab chiqarish tizimiga bog‘lovchi texnologik transport aniq va ritmik ishni talab etadi.




Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page