Sof tugma elementlar Bu sinfgа yer qоbig’idа tаbiiy хimiyaviy birikmа hоsil qilmаy sоf yoki tug’mа hоldа uchrаydigan хimiyaviy elеmеntlаr kirаdi. Sоf hоldа uchrаydigan elеmеntlаrning sоni 30 dаn оrtiq, ulаr litоsfyerа, gidrоsfyerа vа trapоsfyerаlаrning umumiy mаssаsidаn 0,1% ni tаshkil etаdi. Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.
Oltin Au - Asosan nomunofiq donador, varaqsiimon, juda kamchilik hollarda kubik kristall shaklidagi sof tug`ma holatda uchraydi. Qattiqligi 2,5–3; zichligi 15,6–19,0 g/sm3 (toza oltinniki – 19,3 g/sm3), rangi oltinsimon sariq; chegarasi metalldek, sariq; metalldek yaltiroq. Faqatgina «Shox arog`ida» KSN va ozod xlor, brom ajraladigan reaktivlarda eriydi. Gidrotermik va sog`ilma konlari asosan ko`plab uchraydi. Qimmatbaho metallarga oltindan tashqari sof tug`ma holatda uchraydigan platina va kumushlar ham kiradi.
Ma`lumki oltin asosiy pul va valyuta metallidir. U bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlarini tayyorlashda, fizik va ximik asboblar ishlashda, tishni protezlash ishlarida va boshqa maqsadlar uchun sarf qilinadi.
Oltingugurt S–Ko`pchilik xollarda piramida va rombik kristall yaxlit, yersimon va kukunsimon massa uchraydi. Qattiqligi 1-2; zichligi 2g/sm3, turli xil sariq rangda himoyalanadi. Chegarasi deyarli yo`q, sinish yuzasida yog`dek. Yengil eriydi va o`zidan oltingugurt SO2 ajratib yonadi. Sof tug`ma oltigugurtning asosiy massasi organik tarkibi ta`sirida gips va turli oltingugurt birikmalarining qayta shakllanishidan hosil bo`ladi.
Sof tug`ma oltingugurt yer qobig`ining faqat eng ustki qismlarida va yer yuzida topiladi. U turli yo`llar bilan hosil bo`ladi:
Vulqon harakatlari natijasida uning kraterlarida va jins yoriqlarida yopishib qotadi. Hozirgi vaqtda vulqonlar uchraydigan rayonlarda ba`zan solfatlar manbalaridan erigan holda yonuvchi suvlar bilan birga chiqadi chiqadi va jarlik soylarda oqimlar ko`rinishida qotadi.
Ruda konlari oksidlanish zonasining osti qismlarida metallarning oltingugurtli birikmalari, asosan piritning parchalanishidan paydo bo`ladi.
Cho`kindi gips qatlamlarining parchalanishi natijasida hosil bo`ladi. Ko`pincha sof tug`ma oltingugurt gips bilan bir paragenezisda uchraydi, gipsning tarqalgan joylarida u kristall va kukunsimon massalar bo`lib topiladi. Bunday yo`l bilan hosil bo`lgan oltingugurtning ko`pgina massalari hozirgacha aniq emas.
Cho`kish (bioximiyaviy) yo`li bilan orasida gips, qattiq va suyuq bitumlar (asfalt, neft) va boshqalar bo`lgan qatlamlardan iborat rasmiy cho`kindi jinslarda hosil bo`ladi. Bu tipdagi konlar yer sharida keng tarqalgan bo`lib, sanoat uchun katta ahamiyatga egadir. Bunda sof tug`ma oltingugurtning asosiy massasi senergetik, yani boshqa cho`kindilar bilan bir davrda paydo bo`lgan bo`lsa kerak. Shunga qaramay ko`pincha oltingugurtning atrofdagi jinslar orasida epigenitek yo`l bilan paydo bo`lganlari ham topiladi.