Grafit-C-Singoniyasi geksogonaldir. To`g`ri kristallari kamdan-kam. Ba`zan oltiburchakli plastinkachalar, tabletkachalar shaklida bo`ladi. Agregatlari ko`pincha mayda tangachalardan iborat. Rangi kulrangdan qoragacha. Chizig`i yaltiroq qora. Qattiqligi 1. Qo`lga yog`liqdek unnab, qo`lni va qog`ozni qoraytiradi. Sol. Og`. 2,09-2,23. Tabiatda donador varaqsimon zich massa shaklida marmar va gneys toshlarida uchraydi. Grafit tigellar tayyorlashda, quyish ishlarida, qalamlar chiqarishda, buyoqchilikda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Sulfidlar Sul’fidlar tarkibiga oltingugurtning S2 - anioni kiradi. Elementlarning oltingugurt bilan qo'shilib hosil qilgan birikmasi sulfidlar deb ataladi. Ular tog' jinslarida, ko'pincha ma'danlar tarkibida ko'p uchraydi. Sul’fidlar sinfi 250 ga yaqin mineralni, ya'ni ma'lum bo'lgan minerallarning taxminan 10% ini tashkil qiladi. Ko'pchilik sul’fidlar gidrotermal yo'l bilan hosil bo'ladi, biroq magmadan va uning uchuvchi komponentlaridan ham hosil bo'ladi.
Sfalerit (rux aldamchisi) ZnS–ko`pchilik xollarda kurtaksimon rivojlangan, yaxlit massali yaxshi shakllangan tetraedrik kristall shaklda uchraydi. Qattiqligi 3,5–4; zichligi 3,9-4,2 g/sm3; odatda qo`ng`ir yoki malla rangda bo`ladi, ayrim xollarda qora kamdan–kam sariq, qizil, yashilsimon yoki rangsiz bo`lishi mumkin. Sariq yoki xar xil qo`ng`ir rangda jilovlanadi. Yaltiroqligi–olmosdek. Yoki shafaqsimon ulashish tekisligi juda mukammal o`zidan oltingugurt ajratib azot kislotasining kontsentratsiyasida eriydi. Asosan galenit bilan birga uchraydigan gidrotermal konlari mavjud. Rux olishdagi asosiy ruda hisoblanadi.
Pirit FeS2– ko`pchilik xollarda yaxlit massali, qirralari yaxlit rivojlangan kubik kristall xolida uchraydi. Qattiqligi 6-6,5, zichligi 4,9-5,2 g/sm3, rangi samondek sariq, ayrim xollarda ola–bula va qo`ng`ir rangda taraladi, chegarasi qo`ng`ir qora; metaldek yaltiroq, ulanish tekisligi juda nomukammal. Sulfidlarning ichida yer yuzasida eng ko`p tarqalgan va har xil sharoitda hosil bo`ladi. Sulfat kislotasi olishda ishlatiladi.