Oksidlar va gidrooksidlar Kislorod va suv bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po`stidagi oksidlarning umumiy og`irligi 17% ni tashkil etadi. Bundan 12,% kremnezyom oksidi, 3,9% temir oksidi va gidroksidi, qolgan qismida aluminiy, marganes, titan va xrom oksidlari va gidroksidlari tashkil qiladi. Bu guruhga kiradigan minerallar sodda va murakkab oksidlar, gidroksidlar deyiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit - CuO, korund – Al2O3, gematit – Fe2 O3, ilmenit – FeTiO3 , megnetit - FeO Fe2 O3 , shpinel – MgAl2 O4 , xrizoberill – BeAl2 O4 , rutil – TiO2, kassiterit – SnO2, priluzit – MnO2 , uranit, kvars – SiO2 va boshqalar kiradi.
Gematit Fe2O3(temir yaltirog`i) – Kristall shaklining tablitkasimon shakli yaxshi rivojlangan, shuningdek yaxlit mustaxkam slanetssimon massali; qattiqligi - 5,5 – 6,5; zichligi - 4,9 –5,3 g/sm3; rangi-ko`mirdek qora, chegarasi olchadek qizil; yaltiroqligi-yarim metall; ulanish tekisligi–yo`q; qizil donalaridan oson ajratish mumkin. Oksidlanish sharoitlaridagi turli tipdagi konlar uchraydi.Temir rudasi sifatida ishlatiladi.
Kvarts-SiO2– ko`p tarqalgan va yaxshi o`rganilgan minerallardan biri bo`lib, jins hosil qiluvchi minerallarning 12 % ga yaqinini tashkil etadi. Kristall shakllari cho`zinchoq; prizmatik, kvarts kristall hamda yashirin kristall ko`rinishda uchraydi. Qattiqligi 7, zichligi 2,63 g/sm3, ranggi xar xil, lekin asosan rangsiz, sutdek oq, kulrang ko`rinishlarda uchraydi. Yaltiroqligi kristallning qirralaridan shishasimon, sinish yuzalarida yog`dek, ulanish tekisligi uchramaydi yoki juda nomukammal. Sinish yuzasi chig`anoqsimon. Kvartsning qo`yidagi xillari mavjud: tog` xrustali rangsiz, shaffof; ametist – siyoh rang; rauxtopaz – tutunsimon, kulrang yoki qo`ng`ir; morion–qora; sitri–oltin rang yoki limondek – sariq.
Kvartsning to`rtta yashirin kristalli turlari mavjud:
Xaltsedon
Agatlar va anikslar
Yashmalar
Kremen
Kvarts turli tog` jinslari tarkibida va kelib chiqish sharoitlari juda ko`p. Kvartslar texnik maйsadlarda metallurgiyada shisha va farfor sanoatida issiqlikka chidamli materillar ishlab chiqarishda aniq mexanikada ishlatiladi.